Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


VI BOB. BYUDJETDAN TASHQARI JAMG‘ARMALARGA


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

VI BOB. BYUDJETDAN TASHQARI JAMG‘ARMALARGA 
MAJBURIY TULOVLAR 
 
 
6.1. Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan 
tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 
«O‘zbekiston Respublikasining 2004 
yilgi davlat byudjeti parametrlari 
to‘g‘risida»gi 567-son qaroriga muvofiq 
2004 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy 
sug‘urtaga (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka 
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi 
kengashi) majburiy badallar to‘lash o‘rniga mulkchilik shaklidan qat’i 
nazar yuridik shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy 
to‘lov joriy qilindi. Yagona ijtimoiy to‘lov davlat soliq va yig‘imlariga 
tenglashtirildi. 
Soliq kodeksining 305-moddasiga binoan yagona ijtimoiy to‘lovni 
to‘lovchilar bo‘lib, yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentlari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, 
chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga 
oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hisoblanadi. 
Jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan 
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini 
to‘lovchilardir.
Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, 
shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish 
beruvchi zimmasiga yuklatiladi, bundan sug‘urta badallari to‘lovchi 
ayrim toifadagi jismoniy shaxslar mustasno. 
Soliq kodeksining 172-moddasida ko‘rsatilgan quyidagi ish haqi 
tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta 
badallarining soliq solish obyektidir: 
 mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga 
muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib 
chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling