Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Davlat mulkini xusu-
siylashtirishdan olin- gan daromadlar 284 oddiy aksiyalarini sotish muhim o‘rin egallaydi. Aksiyalarni sotishda ularning bozor bahosi muhim o‘rin egallaydi. Agar oddiy aksiyalarning bozor bahosi yuqori bo‘lsa, u holda aksiyalarni sotishdan olingan byudjet daromadlarining miqdori nisbatan katta bo‘ladi. O‘z navbatida, oddiy aksiyalarning bozor bahosi emitentning sof foydasining miqdoriga bog‘liq: sof foydaning miqdori qanchalik katta bo‘lsa, ularga to‘lanadigan dividendning miqdori ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 2003-2004 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga muvofiq, mazkur davr mobaynida respublikamizda ustav kapitalida davlatning ulushi 25 foizdan 51 foizgacha bo‘lgan 673 ta korxonadagi davlatning ulushi birja va birjadan tashqari bozorlarda sotilishi mo‘ljallangan. Bu korxonalarning ichida iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan bir qator yirik korxonalar – «Agama» sanoat korxonasi, «Jizzaxplastmass» HJ, «Elektrokimyozavodi» HJ, «O‘zbekselmash» HJ, «Toshqishloqmash» HJ kabi korxonalar mavjud. Ularning ustav kapitalidagi davlatga tegishli aksiyalarni sotilishi davlat byudjetining soliqsiz daromadlari hajmining oshishiga olib keladi. 2003-2004 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga muvofiq, ustav kapitalida davlatning ulushi 51 foiz va undan yuqori bo‘lgan 644 ta korxonaning ustav kapitalida davlatning ulushini qisqartirish ko‘zda tutilgan. Shunisi xarakterliki, ko‘pchilik korxonalarning ustav kapitalidagi davlatning ulushini 40 foizdan ortiq qismini sotish ko‘zda tutilgan. Masalan, «Navoimontajavtomatika» DAKning ustav kapitalidagi davlat ulushining 49,0 foizini, «Andijon bioxim zavodi» HJning ustav kapitalidagi davlat ulushining 45,0 foizini, «O‘zkimyosanoat» DAKning ustav kapitalidagi davlat ulushining 49,0 foizini, «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» HJning ustav kapitalidagi davlat ulushining 46,5 foizini sotish mo‘ljallangan. Mazkur korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushining muvaffaqiyatli tarzda sotilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqsiz daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishiga olib keladi. Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning ikkinchi turi davlatga tegishli bo‘lgan mulklarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar hisoblanadi. Ijara to‘lovlari shaklidagi mazkur daromadning miqdori ijaraga beriladigan mulklarning umumiy maydoniga va ijara stavkalariga bog‘liqdir. Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 iyun holatiga, Federal byudjetga hisoblangan ijara to‘lovlarining atigi 318,0 ming rubl Federal byudjetga kelib tushdi. Holbuki, mazkur daromad turi bo‘yicha Federal byudjetga kamida 5300 mln. rubl kelib tushishi lozim edi. Amalga 285 oshirilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, birinchidan, juda katta umumiy maydonga ega bo‘lgan davlat mulklari bo‘yicha (82,7 metr kv.) yangi ijara shartnomalari tuzilmagan; ikkinchidan, to‘lov intizomining yaxshi emasligi sababli 794,9 mln. rubl miqdoridagi ijara to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud; uchinchidan, ijara stavkalari va umuman ijara to‘lovlari bo‘yicha asossiz imtiyozlar mavjud. Davlat mulki bilan bog‘liq byudjet daromadlarining uchinchi turi davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar hisoblanadi. Davlat mulkini sotishda kompaniyaning kapitalizatsiya darajasi muhim o‘rin tutadi. Kapitalizatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining bir qator davlat korxonalarida 2002- 2007 yillarda kapitalizatsiya darajasini keskin pasayishi kuzatilgan. Xususan, «Slavneft» korxonasida 2006 yilda kapitalizatsiya darajasi mavjud 1070,2 mln. AQSh dollaridan 752,2 mln. AQSh dollariga tushib qolgan. Ya’ni, korxonaning kapitalizatsiya darajasi 318,0 mln. AQSh dollariga pasaygan. Bu esa, korxonaning bozor bahosini 2006 yilda 25 foizga pasayishiga olib keldi. Rossiya Federatsiyasi hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, «Slavneft» sho‘ba korxonalarining aktivlarini boshqa kompaniyalarga o‘tkazib yuborilganligi natijasida korxonaning kapitalizatsiya darajasi keskin pasayib ketgan. «Slavneft» korxonasining boshqa kompaniya- larning balansiga o‘tkazib yuborilgan sof aktivlarining miqdori 9213,0 mln. rublni tashkil qildi. Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning to‘rtinchi turi davlatning davlat korxonalarining ustav kapitaliga qo‘ygan investitsiyalaridan oladigan daromadlari hisoblanadi. Davlat korxonalarining moliyaviy holati qanchalik barqaror bo‘lsa, ular tomonidan oddiy aksiyalarga to‘lanadigan dividendlarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Rossiya hukumatiga yirik miqdorda dividendlar to‘lovchi korxonalar bo‘lib, RAO «Gazprom», NKA «Lukoyl», NKA «Rostneft», NKA «Slavneft», AKA «Transneft», AKA «Transnefteprodukt», RAO «EES Rossii», OAO «Texsnabeksport», AK «Alrosa» va OAO «TVEL» kompaniyalari hisoblanadi. Ular 2002 yilda davlat tomonidan olingan jami dividendlarning 68,0 foizini to‘lagan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu ko‘rsatkich 88,0 foizni tashkil qildi. Mazkur kompaniyalarning moliyaviy holatining barqarorligi ularning sof foydasi miqdorini katta bo‘lishiga olib keldi. Natijada 286 davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdorining minimal summasi 98712,0 mln. rublni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog‘liq daromadlarning amaldagi holatini tahlili (5.2.1-jadval) 2003 yilni hisobga olmaganda, tahlil qilingan davr mobaynida 2004 yildan boshlab davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan daromadlarning miqdori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 5.2.1-jadval Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling