Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Davlat byudjeti 
soliqsiz 
daromadlarining 
k
l
i hi


277
 standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan 
mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi; 
 narxlarni qo‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar; 
 jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bo‘lgan 
shaxslardan undiriladigan summalar. 
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan: 
 davlat kreditlari bo‘yicha foizlar; 
 davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar; 
 markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi; 
 tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar. 
8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar. 
Byudjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko‘ra (muayyan 
darajadagi byudjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga ko‘ra 
(majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushumlarini shakllantiradigan 
to‘lovlarni undirishning konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini 
sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi. 
Soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning ko‘pgina o‘xshash tomonlari bilan 
birga qator farqli tomonlari ham mavjud. 
Pul mablag‘larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz 
to‘lovlar tarzida kelib tushadi. Ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
singari davlatning qonun chiqaruvchi idorasi tomonidan belgilanadi. 
Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz to‘lovlar o‘rtasida muayyan 
farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat, deb 
belgilash mumkin: 
 soliqsiz to‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va 
burchlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, faoliyatning muayyan 
turi bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish 
maqsadida belgilangan to‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar 
bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bo‘ladi; 
 soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar ko‘pchilik hollarda 
majburiy ravishda to‘lanmaydi. Soliq esa uni to‘lash obyekti mavjud 
bo‘lganida to‘lanadi; 
 soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar muayyan maqsadga 
mo‘ljallanadi hamda ana shu maqsadda undan foydalanish lozim. 
Soliqsiz to‘lovlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar 
daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliqlar va yig‘imlarning 
to‘lovchilar doirasi, soliq solish obyektlari, soliq va yig‘imlar yuzasidan 


278
engillik va imtiyozlar, soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va 
to‘lash tartibi amaldagi soliq qonunchiligi bilan belgilanadi. 
Soliqsiz to‘lovlar hududiy belgisiga ko‘ra: umumdavlat miqyosidagi 
va mahalliy to‘lovlarga; shakllanish usuliga ko‘ra: majburiy va ixtiyoriy; 
jamlanish usuliga ko‘ra: davlat byudjetida yoki byudjetdan tashqari 
jamlanadigan turlarga bo‘linadi. 
Soliqsiz to‘lovlar undirish asoslariga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
 tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar. Bu to‘lovlarning 
tabiiy resurslardan tejamkorona, samarali foydalanishda ahamiyati 
kattadir; 
 davlat idoralari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga 
huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan 
to‘lovlar. Ular jumlasiga: 
 tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga 
to‘lanadigan to‘lovlar; 
 sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda 
to‘lanadigan davlat boji; 
 davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va 
tovarlar uchun sertifikatlar olishdagi to‘lovlar; 
 bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan 
olinadigan bir martalik patta to‘lovlari; 
 qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish, lotereya o‘yinlarini 
o‘tkazish uchun to‘lovlar; 
 davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar; 
 jarima tarzidagi to‘lovlar (jarimalar, penyalar va boshqalar). 
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli 
bo‘lgan mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan 
daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy faoliyatidan olingan 
daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan 
olinadigan pul mablag‘larini kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Umuman olganda, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi 
omillar bilan belgilanadi: 
1. Davlatga tegishli mulklardan foydalanish samaradorligining 
pasayishi natijasida davlat sektoriga tegishli korxonalarning moliyaviy 
holatini yaxshilash maqsadida ularni xususiylashtirishning zarurligi; 
Davlat sektoriga mansub bo‘lgan korxonalarning faoliyati ko‘pchilik 
hollarda xususiy sektor korxonalariga nisbatan samarasiz bo‘ladi. 
Shvetsiya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlarining amaliyotida bunday 


279
holatlar bir necha marotaba kuzatilgan. Masalan, XX asrning 90-yillari 
oxirida Buyuk Britaniyada davlat sektoriga mansub bo‘lgan 
korxonalarning sezilarli qismi moliyaviy yilni zarar bilan yakunladi. 1998 
yilda eng yirik davlat korxonalaridan biri «British telekom» 
xususiylashtirildi. Uning aksiyalarining bozor bahosi 6,9 mlrd. funt 
sterlingni tashkil etar edi. 
XX asrning 90-yillarining ikkinchi yarmida Fransiyada davlat 
mulkini xususiylashtirish natijasida 7,0 mln. kishi aksiyadorlarga 
aylandi. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 
a’zo bo‘lgan mamlakatlarda davlat sektorining defitsiti 1999 yilda yalpi 
milliy mahsulotning 4,5 foizini tashkil qildi.
61
Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining moliyaviy 
barqarorligini oshishiga, iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirilishini 
ta’minlashga, ishsizlik muammosini hal qilishga hamda o‘rta va uzoq 
muddatli davriy oraliqlarda soliq tushumlarini ko‘paytirishga sezilarli 
darajada hissa qo‘shadi. 
2. Davlat byudjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining 
yuzaga kelishi. 
Davlat byudjeti xarajatlarini sezilarli darajada o‘sishi, davlatning 
iqtisodiy xarajatlarini oshirish zaruriyatini paydo bo‘lishi hukumatga 
soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirlarini ishlab chiqarish zaruriyatini 
yuzaga keltiradi. Ana shu maqsadda davlatga tegishli mulklarni sotish, 
davlatga tegishli xorijiy valutalar va nodir metallarni xorijiy moliya 
bozorlarida joylashtirish yo‘li bilan daromadlar olish va xorijiy 
tashkilotlarning moliyaviy yordamlarini jalb qilish zaruriyatini yuzaga 
keltiradi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasida hukumatga tegishli 
oltin-valuta zaxiralarining ma’lum qismi xalqaro moliya bozorlarida 
muddatli depozit shaklida joylashtiriladi va undan foiz ko‘rinishda 
daromad olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz daromadlardan davlat 
byudjeti taqchilligini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda 
foydalanish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 25 dekabridagi 567-sonli «O‘zbekiston 
Respublikasining 2004 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qaroriga muvofiq 2004 yilda davlat byudjeti defitsitini faqat 
qadrsizlanmaydigan (noinflyatsion) manbalar, shu jumladan davlat 
mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar hisobidan 
moliyalashtirishni ta’minlash ko‘zda tutilgan edi.
62
61
Mariette D. Bercy report a zero sur le dossier du Gredit Jonciur. //Tribune. -P., 1998. –Sept., p.9. 
62
Soliqlar va bojxona xabarlari. №4 (496), 2004 y. 23 yanvar. 


280
Rivojlangan xorijiy davlatlar ichida Yaponiya soliqsiz 
daromadlarning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‘ining 
yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada 15 foizni 
tashkil etadi. Yaponiya mahalliy byudjetlari daromadlarining 25 
foizgacha bo‘lgan qismi soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. 
Yaponiya byudjet qonunchiligiga muvofiq soliqsiz daromadlar tarkibiga 
quyidagi daromadlar kiritiladi: 
 ijara to‘lovlari; 
 davlatga tegishli yer maydonlari va boshqa qo‘zg‘almas mulklarni 
sotishdan olingan daromadlar; 
 jarimalar; 
 obligatsiyalarni sotishdan olingan tushumlar; 
 yutuqli lotereyalarni sotishdan olingan tushumlar; 
 o‘tgan yillarda ishlatilmay qolgan byudjet mablag‘lari.
63
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari 
sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bo‘lgan daromadlar 
hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, davlat mulkini 
xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga ko‘ra nobarqaror jarayon bo‘lib, 
xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarni nobarqaror bo‘lishiga olib 
keladi; ikkinchidan, davlatga tegishli oltin-valuta zaxiralarini bozor 
stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar 
joylashtiriladigan moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor 
stavkalarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganligi sababli ulardan 
olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda tebranib turadi; 
uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va davlatlardan olinadigan 
moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil 
ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash 
imkonini bermaydi. 
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari fiskallik va iqtisodiy 
funksiyalarni bajaradi. Ular daromad manbai sifatida nobarqaror bo‘lib, 
davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmida nisbatan kichik 
salmoqni egallaydi (5.1.1-jadval). 
63
Налоговые системы зарубежных стран. –М.: “Закон и право», 1997. Стр. 97 


281

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling