Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

4.5. Mahalliy yig‘imlar 
 
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra 
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo 
qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish 
huquqi uchun yig‘im mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
tarkibiga kiradi va mahalliy byudjet daromadlari manbalaridan biri 
hisoblanadi.
Yig‘im joriy qilingan tovarlar savdosini va xizmatlar ko‘rsatishni 
belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka 
tartibdagi tadbirkorlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish 
va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im 
to‘lovchilardir. 
Tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan 
ro‘yxati tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish uchun yig‘im obyektidir. 
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im yig‘im stavkalarining 
qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab 
chiqariladi. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va 
ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning aniq 
Yig‘im to‘lovchilari, 
obyekti va stavkalari


272
stavkasi mahalliy davlat xokimiyatining vakillik organlari tomonidan 
belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan 
ortiq bo‘lishi mumkin emas. 
4.5.1-jadval 
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im miqdorlari
60
 
N 
Soliqlar va yig‘imlarning turlari 
Chegaralangan stavkalar 
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana 
savdo qilish huquqi uchun yig‘im(1), 
(2): 
Toshkent 
sh. 
Nukus sh., 
shaharlar - 
viloyat 
markazlari 
boshqa 
shaharlar 
boshqa 
aholi 
punktlari
alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, 
umumiy ovqatlanish korxonalari 
tomonidan alkogolli mahsulotlarning 
realizatsiya qilinishi 
6,0 
5,0 
4,0 
3,0 

qimmatbaho metallar va qimmatbaho 
toshlardan yasalgan buyumlar 
4,0 
3,5 
3,0 
2,0 

Avtotransport vositalarini vaqtincha 
saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni 
ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im(1), (5) 
8,0 
1) Yig‘imlar stavkalari oyiga yil boshida - 2018 yil 1 yanvarda 
belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (172 240 so‘m) kelib chiqib 
belgilangan eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorlarda belgilangan 
va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib 
chiqilmaydi. 
2) Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, 
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning 
realizatsiya qilinishi huquqi uchun yig‘im yagona hisobvaraqqa kelib 
tushib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelgusida mablag‘lar 
byudjet bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 
Davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida, Toshkent shahrida esa - byudjet, 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari 
agentligi bilan Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari 
ishlab chiqarish departamenti o‘rtasida taqsimlanadi. 
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 
bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im yagona hisobvaraqqa 
kelib tushib, kelgusida mablag‘lar byudjet bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 
o‘rtasida taqsimlanadi.
60
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-son qaroridan olindi. 


273
3) Ko‘rsatilgan stavkalar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasining 
butun hududida yagona hisoblanadi. Qayta ishlashga berilgan xom 
ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isi bo‘yicha benzin, 
dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliq stavkalarining miqdorlari 
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliqni hisobga olgan 
holda benzin va dizel yoqilg‘isiga chakana narxlar doirasida 
shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari bo‘yicha import qilinadigan 
xom ashyodan qayta ishlashga berish asosida ishlab chiqariladigan 
benzin va dizel yoqilg‘isi hajmi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz 
ishlatganlik uchun soliqni to‘lovchilar, hisoblab chiqarish va to‘lash 
tartibi O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
4) Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari orqali benzin, 
dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilg‘isi va 
suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan 
hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. 
5) Toshkent shahrida yig‘im miqdori bir oyda eng kam ish haqining 
5 baravari, viloyat markazlarida - eng kam ish haqining 3 baravari, 
boshqa aholi punktlarida - eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridan 
kam bo‘lmasligi kerak.
Tovarlarning ayrim turlari bilan 
chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im 
yig‘im stavkalarining qonun hujjatlarida 
belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi. 
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning aniq stavkasi 
mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi 
va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lishi 
mumkin emas. 
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im har oyda, hisobot 
oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan to‘lanadi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bo‘yicha hisob-kitob 
faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga:
- yil davomida tegishli ruxsat guvohnomasini (mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat organining qarorini) olgan soliq to‘lovchilar tomonidan — 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling