Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig‘im to‘lovchilari, obyekti va stavkalari
- Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im miqdorlari 60 N
4.5. Mahalliy yig‘imlar
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga kiradi va mahalliy byudjet daromadlari manbalaridan biri hisoblanadi. Yig‘im joriy qilingan tovarlar savdosini va xizmatlar ko‘rsatishni belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im to‘lovchilardir. Tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxati tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish uchun yig‘im obyektidir. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im yig‘im stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning aniq Yig‘im to‘lovchilari, obyekti va stavkalari 272 stavkasi mahalliy davlat xokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 4.5.1-jadval Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im miqdorlari 60 N Soliqlar va yig‘imlarning turlari Chegaralangan stavkalar Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im(1), (2): Toshkent sh. Nukus sh., shaharlar - viloyat markazlari boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 6,0 5,0 4,0 3,0 1 qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 4,0 3,5 3,0 2,0 3 Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im(1), (5) 8,0 1) Yig‘imlar stavkalari oyiga yil boshida - 2018 yil 1 yanvarda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (172 240 so‘m) kelib chiqib belgilangan eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorlarda belgilangan va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilmaydi. 2) Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yig‘im yagona hisobvaraqqa kelib tushib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelgusida mablag‘lar byudjet bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida, Toshkent shahrida esa - byudjet, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti o‘rtasida taqsimlanadi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im yagona hisobvaraqqa kelib tushib, kelgusida mablag‘lar byudjet bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida taqsimlanadi. 60 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-son qaroridan olindi. 273 3) Ko‘rsatilgan stavkalar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Qayta ishlashga berilgan xom ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliq stavkalarining miqdorlari benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliqni hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilg‘isiga chakana narxlar doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari bo‘yicha import qilinadigan xom ashyodan qayta ishlashga berish asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilg‘isi hajmi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliqni to‘lovchilar, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 4) Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. 5) Toshkent shahrida yig‘im miqdori bir oyda eng kam ish haqining 5 baravari, viloyat markazlarida - eng kam ish haqining 3 baravari, boshqa aholi punktlarida - eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im yig‘im stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning aniq stavkasi mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bo‘yicha hisob-kitob faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga: - yil davomida tegishli ruxsat guvohnomasini (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarorini) olgan soliq to‘lovchilar tomonidan — Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling