276
va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham
majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo‘lishi mumkin.
Soliqsiz daromadlar ro‘yxati yagona
bo‘lib, byudjet tasnifi
bilan belgilanadi va
o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat
egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik
faoliyatidan
olingan daromadlar, shu jumladan:
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga
berishdan
olingan daromadlar;
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlar;
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni
ijaraga
berishdan, shu jumladan qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi
maqsadlaridagi yerlar uchun ijara to‘lovidan olingan daromadlar;
vaqtinchalik bo‘sh turgan byudjet mablag‘larini
bank va kredit
tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
xizmat ko‘rsatish va davlat xarajatlarini
qoplashdan olingan
daromadlar;
davlat va mahalliy tashkilotlardan to‘lovlar;
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki
xo‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar.
2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni
sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan:
davlat mulki bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va
davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar;
kvartiralarni
sotishdan tushumlar;
davlatning ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish fondlarini,
transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni
sotishdan olingan
daromadlar;
musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga o‘tgan
egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar.
3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar.
4. Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar.
5. Davlatga qarashli bo‘lmagan manbalardan
kapital transfertlar
tizimlari.
6. Jarima-jazolarni qo‘llash, etkazilgan zararni qoplash, shu
jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: