Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Davlat byudjeti
soliqsiz daromadlarining k l i hi 277 standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi; narxlarni qo‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar; jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bo‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar. 7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan: davlat kreditlari bo‘yicha foizlar; davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar; markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi; tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar. 8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar. Byudjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko‘ra (muayyan darajadagi byudjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga ko‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushumlarini shakllantiradigan to‘lovlarni undirishning konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi. Soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning ko‘pgina o‘xshash tomonlari bilan birga qator farqli tomonlari ham mavjud. Pul mablag‘larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz to‘lovlar tarzida kelib tushadi. Ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar singari davlatning qonun chiqaruvchi idorasi tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz to‘lovlar o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat, deb belgilash mumkin: soliqsiz to‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va burchlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish maqsadida belgilangan to‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bo‘ladi; soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar ko‘pchilik hollarda majburiy ravishda to‘lanmaydi. Soliq esa uni to‘lash obyekti mavjud bo‘lganida to‘lanadi; soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar muayyan maqsadga mo‘ljallanadi hamda ana shu maqsadda undan foydalanish lozim. Soliqsiz to‘lovlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliqlar va yig‘imlarning to‘lovchilar doirasi, soliq solish obyektlari, soliq va yig‘imlar yuzasidan 278 engillik va imtiyozlar, soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi amaldagi soliq qonunchiligi bilan belgilanadi. Soliqsiz to‘lovlar hududiy belgisiga ko‘ra: umumdavlat miqyosidagi va mahalliy to‘lovlarga; shakllanish usuliga ko‘ra: majburiy va ixtiyoriy; jamlanish usuliga ko‘ra: davlat byudjetida yoki byudjetdan tashqari jamlanadigan turlarga bo‘linadi. Soliqsiz to‘lovlar undirish asoslariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar. Bu to‘lovlarning tabiiy resurslardan tejamkorona, samarali foydalanishda ahamiyati kattadir; davlat idoralari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan to‘lovlar. Ular jumlasiga: tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga to‘lanadigan to‘lovlar; sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda to‘lanadigan davlat boji; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va tovarlar uchun sertifikatlar olishdagi to‘lovlar; bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan olinadigan bir martalik patta to‘lovlari; qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish, lotereya o‘yinlarini o‘tkazish uchun to‘lovlar; davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar; jarima tarzidagi to‘lovlar (jarimalar, penyalar va boshqalar). Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli bo‘lgan mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olinadigan pul mablag‘larini kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Umuman olganda, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 1. Davlatga tegishli mulklardan foydalanish samaradorligining pasayishi natijasida davlat sektoriga tegishli korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ularni xususiylashtirishning zarurligi; Davlat sektoriga mansub bo‘lgan korxonalarning faoliyati ko‘pchilik hollarda xususiy sektor korxonalariga nisbatan samarasiz bo‘ladi. Shvetsiya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlarining amaliyotida bunday 279 holatlar bir necha marotaba kuzatilgan. Masalan, XX asrning 90-yillari oxirida Buyuk Britaniyada davlat sektoriga mansub bo‘lgan korxonalarning sezilarli qismi moliyaviy yilni zarar bilan yakunladi. 1998 yilda eng yirik davlat korxonalaridan biri «British telekom» xususiylashtirildi. Uning aksiyalarining bozor bahosi 6,9 mlrd. funt sterlingni tashkil etar edi. XX asrning 90-yillarining ikkinchi yarmida Fransiyada davlat mulkini xususiylashtirish natijasida 7,0 mln. kishi aksiyadorlarga aylandi. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda davlat sektorining defitsiti 1999 yilda yalpi milliy mahsulotning 4,5 foizini tashkil qildi. 61 Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining moliyaviy barqarorligini oshishiga, iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirilishini ta’minlashga, ishsizlik muammosini hal qilishga hamda o‘rta va uzoq muddatli davriy oraliqlarda soliq tushumlarini ko‘paytirishga sezilarli darajada hissa qo‘shadi. 2. Davlat byudjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining yuzaga kelishi. Davlat byudjeti xarajatlarini sezilarli darajada o‘sishi, davlatning iqtisodiy xarajatlarini oshirish zaruriyatini paydo bo‘lishi hukumatga soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirlarini ishlab chiqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ana shu maqsadda davlatga tegishli mulklarni sotish, davlatga tegishli xorijiy valutalar va nodir metallarni xorijiy moliya bozorlarida joylashtirish yo‘li bilan daromadlar olish va xorijiy tashkilotlarning moliyaviy yordamlarini jalb qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasida hukumatga tegishli oltin-valuta zaxiralarining ma’lum qismi xalqaro moliya bozorlarida muddatli depozit shaklida joylashtiriladi va undan foiz ko‘rinishda daromad olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz daromadlardan davlat byudjeti taqchilligini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda foydalanish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabridagi 567-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2004 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2004 yilda davlat byudjeti defitsitini faqat qadrsizlanmaydigan (noinflyatsion) manbalar, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar hisobidan moliyalashtirishni ta’minlash ko‘zda tutilgan edi. 62 61 Mariette D. Bercy report a zero sur le dossier du Gredit Jonciur. //Tribune. -P., 1998. –Sept., p.9. 62 Soliqlar va bojxona xabarlari. №4 (496), 2004 y. 23 yanvar. 280 Rivojlangan xorijiy davlatlar ichida Yaponiya soliqsiz daromadlarning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‘ining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada 15 foizni tashkil etadi. Yaponiya mahalliy byudjetlari daromadlarining 25 foizgacha bo‘lgan qismi soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Yaponiya byudjet qonunchiligiga muvofiq soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi: ijara to‘lovlari; davlatga tegishli yer maydonlari va boshqa qo‘zg‘almas mulklarni sotishdan olingan daromadlar; jarimalar; obligatsiyalarni sotishdan olingan tushumlar; yutuqli lotereyalarni sotishdan olingan tushumlar; o‘tgan yillarda ishlatilmay qolgan byudjet mablag‘lari. 63 Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bo‘lgan daromadlar hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga ko‘ra nobarqaror jarayon bo‘lib, xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarni nobarqaror bo‘lishiga olib keladi; ikkinchidan, davlatga tegishli oltin-valuta zaxiralarini bozor stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar joylashtiriladigan moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor stavkalarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganligi sababli ulardan olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda tebranib turadi; uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va davlatlardan olinadigan moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash imkonini bermaydi. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari fiskallik va iqtisodiy funksiyalarni bajaradi. Ular daromad manbai sifatida nobarqaror bo‘lib, davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmida nisbatan kichik salmoqni egallaydi (5.1.1-jadval). 63 Налоговые системы зарубежных стран. –М.: “Закон и право», 1997. Стр. 97 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling