Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


 Soliqsiz daromadlarning davlat byudjeti


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

5.2. Soliqsiz daromadlarning davlat byudjeti 
daromadlarining hajmidagi o‘rni va dinamikasi 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat 
byudjeti soliqsiz daromadlarining sezilarli 
qismi xorijiy mamlakatlardan olingan 
moliyaviy yordamlardan iborat ekanligi 
ushbu mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda 
sezilarli muammolarning mavjudligi bilan izohlanadi. 
Xorijiy moliyaviy yordamlarning aksariyat qismi xalqaro moliya-
kredit tashkilotlari tomonidan beriladi. Bunda asosiy o‘rinlarni xalqaro 
valuta fondi (XVF) va Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) 
egallaydi. XVF rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam 
berishda asosiy e’tiborini mamlakatning to‘lov balansining holatiga 
qaratadi. XVF tomonidan ajratiladigan moliyaviy yordamlar to‘lov 
balansi doimiy ravishda taqchillikka ega bo‘lgan mamlakatlarga birinchi 
navbatda beriladi. 
JTTB rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam berishda asosiy 
e’tiborini mamlakat aholisining qashshoqlik darajasiga qaratadi. Hozirgi 
kunda Afrikaning janubidagi mamlakatlar sayyoramizning eng qashshoq 
mamlakatlari hisoblanadi. Bu yerda mehnatga yaroqli aholining bir 
kunlik ish haqi 1 AQSh dollaridan pastdir. Shu sababli mazkur 
mamlakatlar bankning moliyaviy yordamlarini birinchi navbatda 
oladilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki 
paytlardan boshlab, xorijdan mablag‘lar jalb qilish masalasiga alohida 
e’tibor berdi. 2006 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra xorijiy mamlakatlardan 
va xalqaro moliya-kredit tashkilotlardan jalb qilingan mablag‘larning 
umumiy summasi 1980,5 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Shuning 93,6 
foizi kredit majburiyatlarining hissasiga to‘g‘ri keladi. Jalb qilingan 
Xorijiy mamlakatlar-
dan olingan moliyaviy 
yordamlar


283
mablag‘larning qolgan qismi turli shakllarda olingan moliyaviy yordamlar 
hissasiga to‘g‘ri keladi.
66
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, moliyaviy 
yordamlarning miqdori nisbatan kichik bo‘lib, ular davlat byudjeti 
daromadlari nuqtai-nazaridan sezilarli darajadagi amaliy ahamiyatga ega 
emas. 
Byudjetning soliqsiz daromadlari tar-
kibidagi asosiy daromad turlaridan biri – 
davlatga tegishli bo‘lgan mulklarni 
xususiylashtirishdan keladigan daromadlar 
hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan, MDHga a’zo 
mamlakatlarda davlat mulkini xususiylashtirishdan va sotishdan 
olingan daromad soliqsiz daromadlar tarkibida sezilarli salmoqni 
egallaydi. 
Mazkur mamlakatlarda ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish 
zaruriyati davlat mulkini xususiylashtirishni dolzarb masalasiga 
aylantirdi. Xususan, Rossiya Federatsiyasida 2006 yilda davlat mulkini 
xususiylashtirish va sotishdan olingan byudjet daromadlarining umumiy 
summasi 25061,2 mln. rublni tashkil qildi. Bu summaga munitsipial 
mulkchilik tasarrufida bo‘lgan davlat mulkini sotish summasini 
qo‘shsak, u holda davlat mulkidan olgan byudjet daromadlarining 
umumiy summasi 52057,3 mln. rublni tashkil qiladi. Bu summani 
byudjet daromadlari nuqtai-nazaridan baholash uchun uning soliqsiz 
daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘ini o‘rganish kifoya qiladi. 
Agar 2000 yilda davlat mulkini sotish va xususiylashtirishdan olingan 
byudjet daromadlari soliqsiz daromadlarning umumiy hajmidagi 
salmog‘i 14,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilda bu ko‘rsatkich 50,5 
foizni tashkil qildi. 2006 yilga kelib esa, mazkur ko‘rsatgich 45,2 foizni 
tashkil qildi.
67
Keltirilgan ma’lumotlarning tahlilidan ko‘rinadiki, birinchidan, 
davlat mulkini sotish va xususiylashtirishdan olingan daromadlar 
Rossiya Federatsiyasi davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibida 
asosiy o‘rinni egallaydi; ikkinchidan, soliqsiz daromadlarga xos bo‘lgan 
nobarqarorlik ushbu daromad turiga ham xos ekanligi yaqqol kuzatiladi. 
Davlatga tegishli mulklarni sotishda va davlat korxonalarini 
xususiylashtirishda ushbu korxonalarning davlatga tegishli bo‘lgan 
66
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma'lumotlari. 
67
Бурков С. Неналоговые доходы от госсобственности и бюджетный потенциал страны. //Российский 
экономический журнал. №9, 2006. С.25 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling