VI BOB. BYUDJETDAN TASHQARI JAMG‘ARMALARGA
MAJBURIY TULOVLAR
6.1. Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan
tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasining 2004
yilgi davlat byudjeti parametrlari
to‘g‘risida»gi 567-son qaroriga muvofiq
2004 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy
sug‘urtaga (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi
kengashi) majburiy badallar to‘lash o‘rniga mulkchilik shaklidan qat’i
nazar yuridik shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy
to‘lov joriy qilindi. Yagona ijtimoiy to‘lov davlat soliq va yig‘imlariga
tenglashtirildi.
Soliq kodeksining 305-moddasiga binoan yagona ijtimoiy to‘lovni
to‘lovchilar bo‘lib, yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa,
chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga
oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini
to‘lovchilardir.
Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati,
shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish
beruvchi zimmasiga yuklatiladi, bundan sug‘urta badallari to‘lovchi
ayrim toifadagi jismoniy shaxslar mustasno.
Soliq kodeksining 172-moddasida ko‘rsatilgan quyidagi ish haqi
tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta
badallarining soliq solish obyektidir:
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga
muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib
chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
Do'stlaringiz bilan baham: |