Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Yagona ijtimoiy to‘lovni
to‘lovchilari, to‘lov ob- yekti, bazasi hamda to‘- lovdan chegirmalar 289 ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar; rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya); ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash. predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar; yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar; O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish obyekti ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy to‘lovning soliq solish obyektidir. Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza Soliq kodeksining 172-moddasiga muvofiq to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, lekin ushbu kodeksning 308-moddasida ko‘rsatilgan to‘lovlar bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan 290 chet ellik xodimlarning daromadlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. Soliq kodeksining 308-moddasiga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi: 1) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast etganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar. 2) quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar: davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablag‘lari. Yagona ijtimoiy to‘lov quyidagilarga nisbatan hisoblab chiqarilmaydi: O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minotiga, pul mukofotlariga va boshqa to‘lovlarga; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy yurisdiksiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari, shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga; aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlariga. 291 Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan o‘tkaziladi. Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida tasdiqlanadi. 2018 yil uchun to‘lov stavkasi quyidagi miqdorda belgilangan: 6.1.1-jadval Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling