Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Davlat mulkini xusu-
siylashtirishdan olin-
gan daromadlar


284
oddiy aksiyalarini sotish muhim o‘rin egallaydi. Aksiyalarni sotishda 
ularning bozor bahosi muhim o‘rin egallaydi. Agar oddiy aksiyalarning 
bozor bahosi yuqori bo‘lsa, u holda aksiyalarni sotishdan olingan 
byudjet daromadlarining miqdori nisbatan katta bo‘ladi. O‘z navbatida, 
oddiy aksiyalarning bozor bahosi emitentning sof foydasining miqdoriga 
bog‘liq: sof foydaning miqdori qanchalik katta bo‘lsa, ularga 
to‘lanadigan dividendning miqdori ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 
2003-2004 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga 
muvofiq, mazkur davr mobaynida respublikamizda ustav kapitalida 
davlatning ulushi 25 foizdan 51 foizgacha bo‘lgan 673 ta korxonadagi 
davlatning ulushi birja va birjadan tashqari bozorlarda sotilishi 
mo‘ljallangan. Bu korxonalarning ichida iqtisodiy salohiyati yuqori 
bo‘lgan bir qator yirik korxonalar – «Agama» sanoat korxonasi, 
«Jizzaxplastmass» HJ, «Elektrokimyozavodi» HJ, «O‘zbekselmash» HJ, 
«Toshqishloqmash» HJ kabi korxonalar mavjud. Ularning ustav 
kapitalidagi davlatga tegishli aksiyalarni sotilishi davlat byudjetining 
soliqsiz daromadlari hajmining oshishiga olib keladi. 
2003-2004 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga 
muvofiq, ustav kapitalida davlatning ulushi 51 foiz va undan yuqori 
bo‘lgan 644 ta korxonaning ustav kapitalida davlatning ulushini 
qisqartirish ko‘zda tutilgan. Shunisi xarakterliki, ko‘pchilik korxonalarning 
ustav kapitalidagi davlatning ulushini 40 foizdan ortiq qismini sotish 
ko‘zda tutilgan. Masalan, «Navoimontajavtomatika» DAKning ustav 
kapitalidagi davlat ulushining 49,0 foizini, «Andijon bioxim zavodi» 
HJning ustav kapitalidagi davlat ulushining 45,0 foizini, 
«O‘zkimyosanoat» DAKning ustav kapitalidagi davlat ulushining 49,0 
foizini, «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» HJning ustav kapitalidagi 
davlat ulushining 46,5 foizini sotish mo‘ljallangan. Mazkur korxonalarning 
ustav kapitalidagi davlat ulushining muvaffaqiyatli tarzda sotilishi 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqsiz daromadlari hajmini 
sezilarli darajada o‘sishiga olib keladi.
Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning ikkinchi turi davlatga 
tegishli bo‘lgan mulklarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar 
hisoblanadi. Ijara to‘lovlari shaklidagi mazkur daromadning miqdori 
ijaraga beriladigan mulklarning umumiy maydoniga va ijara stavkalariga 
bog‘liqdir. Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 iyun holatiga, Federal 
byudjetga hisoblangan ijara to‘lovlarining atigi 318,0 ming rubl Federal 
byudjetga kelib tushdi. Holbuki, mazkur daromad turi bo‘yicha Federal 
byudjetga kamida 5300 mln. rubl kelib tushishi lozim edi. Amalga 


285
oshirilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, birinchidan, juda katta 
umumiy maydonga ega bo‘lgan davlat mulklari bo‘yicha (82,7 metr kv.) 
yangi ijara shartnomalari tuzilmagan; ikkinchidan, to‘lov intizomining 
yaxshi emasligi sababli 794,9 mln. rubl miqdoridagi ijara to‘lovlari 
bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud; uchinchidan, ijara 
stavkalari va umuman ijara to‘lovlari bo‘yicha asossiz imtiyozlar 
mavjud. 
Davlat mulki bilan bog‘liq byudjet daromadlarining uchinchi turi 
davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar hisoblanadi. Davlat 
mulkini sotishda kompaniyaning kapitalizatsiya darajasi muhim o‘rin 
tutadi. Kapitalizatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlat mulkini 
sotishdan olingan daromadlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasining bir qator davlat korxonalarida 2002-
2007 yillarda kapitalizatsiya darajasini keskin pasayishi kuzatilgan. 
Xususan, «Slavneft» korxonasida 2006 yilda kapitalizatsiya darajasi 
mavjud 1070,2 mln. AQSh dollaridan 752,2 mln. AQSh dollariga tushib 
qolgan. Ya’ni, korxonaning kapitalizatsiya darajasi 318,0 mln. AQSh 
dollariga pasaygan. Bu esa, korxonaning bozor bahosini 2006 yilda 25 
foizga pasayishiga olib keldi. Rossiya Federatsiyasi hisob palatasi 
tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, 
«Slavneft» sho‘ba korxonalarining aktivlarini boshqa kompaniyalarga 
o‘tkazib yuborilganligi natijasida korxonaning kapitalizatsiya darajasi 
keskin pasayib ketgan. «Slavneft» korxonasining boshqa kompaniya-
larning balansiga o‘tkazib yuborilgan sof aktivlarining miqdori 9213,0 
mln. rublni tashkil qildi. 
Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning to‘rtinchi turi davlatning 
davlat korxonalarining ustav kapitaliga qo‘ygan investitsiyalaridan 
oladigan daromadlari hisoblanadi. Davlat korxonalarining moliyaviy 
holati qanchalik barqaror bo‘lsa, ular tomonidan oddiy aksiyalarga 
to‘lanadigan dividendlarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Rossiya 
hukumatiga yirik miqdorda dividendlar to‘lovchi korxonalar bo‘lib, 
RAO «Gazprom», NKA «Lukoyl», NKA «Rostneft», NKA «Slavneft», 
AKA «Transneft», AKA «Transnefteprodukt», RAO «EES Rossii», 
OAO «Texsnabeksport», AK «Alrosa» va OAO «TVEL» kompaniyalari 
hisoblanadi. Ular 2002 yilda davlat tomonidan olingan jami 
dividendlarning 68,0 foizini to‘lagan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu 
ko‘rsatkich 88,0 foizni tashkil qildi. 
Mazkur kompaniyalarning moliyaviy holatining barqarorligi 
ularning sof foydasi miqdorini katta bo‘lishiga olib keldi. Natijada 


286
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarga to‘g‘ri keladigan sof foyda 
miqdorining minimal summasi 98712,0 mln. rublni tashkil qildi. 
O‘zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida davlat mulkini 
xususiylashtirish bilan bog‘liq daromadlarning amaldagi holatini tahlili 
(5.2.1-jadval) 2003 yilni hisobga olmaganda, tahlil qilingan davr 
mobaynida 2004 yildan boshlab davlat mulkini xususiylashtirishdan 
olingan daromadlarning miqdori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 
5.2.1-jadval 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling