Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Davlat maqsadli 
jamg‘armalariga to‘-
lovchilar, obyekti, ba-
zasi va stavkalari 


298
huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari 
bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum 
bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining 
qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi
3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni 
sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha hamda 
vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha 
vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun - ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi 
haq summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun - 
tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun - agar 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq Kodeksining 148 va 
150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik 
shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad 
summasi;
7) gaz ta'minotini va elektr ta'minotini amalga oshiruvchi yuridik 
shaxslar uchun - qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘ini chegirgan 
holda tegishincha tabiiy gaz va elektr energiyasini oxirgi iste'molchiga 
realizatsiya qilish hajmi;
8) don mahsulotlarini qabul qilish (don mahsulotlarini qabul qilish 
va donni qayta ishlash korxonalari) faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
yuridik shaxslar – qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda, ustama 
va chegirma.
Quyidagilarga soliq solish ob'ekti sifatida qaralmaydi:
-soliq Kodeksining 150-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;
-hayotni sug‘urtalash sohasiga taalluqli shartnomalar bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlari (badallari), qayta sug‘urta qilish shartnomalari 
bo‘yicha topshirilgan to‘lovlar summalari, shuningdek soliq Kodeksi 
150-moddasining 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlar.
-xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan 
pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan 
daromad.
Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob'ektlariga ega bo‘lgan 
hollarda, ular soliq solish ob'ektlarining alohida-alohida hisobini 
yuritishi va tegishli ob'ektlardan kelib chiqqan holda davlat maqsadli 
jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart. 


299
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar har oyda 
soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda 
hisoblab chiqariladi. 
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning stavkasi 
3,2 foiz miqdorida belgilangan. 
Davlat maqsadli jamg‘armalariga 
majburiy ajratmalarning hisob-kitobi 
soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi 
davlat soliq xizmati organlariga ortib 
boruvchi yakun bilan yilning har 
choragida, hisobot davridan keyingi 
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik 
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (15-ilova).
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar quyidagicha 
to‘lanadi:
-Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lovchi 
bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni 
taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq 
to‘lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim 
etiladigan muddatdan kechiktirmay. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling