Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Ayrim toifadagi jismoniy 
axslar uchun sug‘urta ba-
dallarini hisoblab chiqa-
rish va to‘lashning o‘ziga 
xos xususiyatlari


293
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida 
bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka 
tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) - oyiga eng kam ish 
haqining 50 foizi miqdorida; 
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik 
shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a'zolari tomonidan: 
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a'zosi 
tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda; 
oilaning boshqa a'zolari tomonidan (o‘n sakkiz yoshga 
to‘lmaganlar bundan mustasno) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi 
miqdorida. 
4) qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga 
oshirayotgan hunarmandchilik sub'ektlari - «Hunarmand» 
uyushmasining a'zolari tomonidan - o‘z faoliyatining dastlabki ikki 
yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
5) «Usta-shogird» maktabi o‘quvchilari tomonidan ularning 25 
yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan ish davrida - yiliga eng kam oylik ish 
haqining 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda. Belgilangan 
miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi mehnat stajini hisoblab 
chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‘jaliklarining a'zolari sug‘urta badallarini yiliga eng kam ish 
haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. 
Bunda dehqon xo‘jaligining boshlig‘i sug‘urta badallarini majburiy 
tartibda, boshqa a'zolari esa, ixtiyoriylik asosida to‘laydi. Belgilangan 
miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi 
a'zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga 
olinadi. 
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik 
sub'ektlari - «Hunarmand» uyushmasining a'zolari sug‘urta badalini 
to‘lashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi 
qismlarida ko‘rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega 
bo‘lgan boshqa shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo‘lgan 
shaxslar uchun esa sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan eng 
kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur 
imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozga bo‘lgan 
huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan 
taqdirda, sug‘urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq 


294
vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan oydan e'tiboran amalga oshiriladi. 
Sug‘urta badallarini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi: 
 yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan 
holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila 
a’zolari tomonidan - har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan 
oyning 25-kunidan kechiktirmay; 
 yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‘jaliklarining a’zolari - hisobot yilining 1 oktabrigacha. Bunda 
sug‘urta badallarining miqdori to‘lov kuniga belgilangan eng kam ish 
haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs 
tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga 
oshiruvchi oila a’zolari tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash ular yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi 
oydan boshlab amalga oshiriladi. 
Sug‘urta badallarini to‘lash majburiyati quyidagilarning: 
 yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik 
shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a'zolari uchun — oilaviy 
tadbirkorlik sub'ekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor 
sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a'zosining; 
 yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun — ushbu 
xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi 
tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi. 
To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining 
familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to‘lov 
to‘lanayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oila a'zolari — oilaviy 
tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar 
bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a'zosi uchun va 
yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-
alohida yoziladi. Agar to‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon 
xo‘jaliklari a'zolari uchun — yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab 
qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar 
oluvchi jismoniy shaxslar sug‘urta badallarini jami yillik daromad 
to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug‘urta badallarini to‘lash 


295
haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan 
bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to‘laydi. 
O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik 
muassasalari xodimlarining, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota 
qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning sug‘urta 
badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyati O'zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Sug‘urta badallarini to‘lash 
soliq Kodeksining 310-moddasida tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati soliq Kodeksning 373-
moddasida nazarda tutilgan tartibda vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi 
tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun sug‘urta 
badalini hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir yollangan 
xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari 
yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr 
uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga sug‘urta badallarini 
hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. 
Agar faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi 
tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini davlat 
soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka 
tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha sug‘urta badallarini 
hisoblash to‘xtatilmaydi. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling