Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Mavzuga oid masalalar 
 
1-masala. 2018 yilning mart oyida yuridik shaxs O'zbekiston 
Respublikasi hududiga xorijiy davlatlardan 8 turdagi avtotransport 
vositalarini olib kirdi. 
Yuridik shaxs tomonidan xorijiy davlatlar avtotransport 
vositalarini O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi 
uchun yo‘l jamg‘armasiga to‘laydigan yig‘im miqdorini aniqlang?
2-masala. Qirg‘iziston Respublikasining 15 dona yuk avtotransport 
vositalari 2018 yilning may oyida O'zbekiston Respublikasi hududi 
bo‘ylab tranzit holatda o‘tdi. 
Ushbu transport vositalaridan yo‘l jamg‘armasiga 
undiriladigan yig‘im miqdorini hisoblang? 
 
3-masala. Yuridik shaxs 4 yil mobaynida foydalanilgan 3 dona 
avtotransport vositalarini sotib oldi. Sotib olingan avtotransport 
vositalarining jami ot kuchi 250 ga teng. 
Sotib olingan avtotransport vositalaridan yo‘l jamg‘armasiga 
undiriladigan yig‘im miqdorini hisoblang? 
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlari qachon va nima 
maqsadda jotiy etilgan? 
2. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlarining to‘lovchilari kimlar? 
3. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlari yuridik shaxslarning 
qaysi daromadlaridan olinadi? 


306
4. Xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga kirganda undiriladigan to‘lov qanday tartibda 
amalga oshiriladi? 
5. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlarining stavkalari qanday 
tartibda va qaysi mezonlarga asosan belgilanadi? 
6. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlari uchun soliq solish 
obyekti nima? 
7. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlarni to‘liq va o‘z vaqtida 
undirilishini nazorat qilish qaysi davlat organi zimmasiga yuklatilgan? 
8. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlarni hisoblash qanday 
amalga oshiriladi? 
9. Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan kimlar ozod 
qilinadi? 
10. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlari qanday muddatlarda 
to‘lanadi? 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling