Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

6.3. Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar
Soliq kodeksining 320-325 moddalariga muvofiq Respublika yo‘l 
jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan tashqari yig‘imlar ham 
undiriladi.
Respublika 
yo‘l 
jamg‘armasi 
yig‘imlariga quyidagilar kiradi: 
 avtotransport vositalarini olganlik va 
(yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
 chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida 
o‘tganligi uchun yig‘im. 
Amaldagi Soliq kodeksining 321-moddasiga muvofiq, avtotransport 
vositalarini oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi 
Respublika yo‘l jam-
g‘armasiga yig‘imlarni 
to‘lovchilar, obyekti va 
bazasi
 


301
rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun 
yig‘im to‘lovchilardir. 
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki 
foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi 
uchun yig‘im to‘lovchilardir 
Yig‘imlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir: 
 avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish
 chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida 
o‘tish. 
Yig‘imlar undiriladigan baza sifatida quyidagilar belgilangan:
 olingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot 
kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati; 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi 
orqali tranzit tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport 
vositalari. 
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yi-
g‘imlar stavkasi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi 
«O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi 
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli 
qaroriga asosan 2018 yil uchun quyidagi miqdorida belgilangan. 
6.3.1-jadval 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling