Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 
va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan 
soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. 
57
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi “O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 


262
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati, 
shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik 
ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan 
kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga 
oshiruvchi soliq to‘lovchilar faoliyatning qat’iy belgilangan soliq to‘lash 
tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash 
huquqiga ega emas. 
Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir 
qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 
faoliyatning mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari 
va umumbelgilangan yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni 
to‘lashlari shart. 
Asosiy faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar 
bo‘lgan yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksning 132-moddasida 
nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va 
foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek 
ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga Soliq kodeksda 
nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki yagona soliq 
to‘lovi joriy etiladi. 
Faoliyatning ayrim turlarini amalga 
oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy 
belgilangan soliq solinadigan obyekt 
bo‘lib qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik 
ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib 
chiqqan holda belgilanadi. 
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqning 
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida 
belgilanadi. Jumladan, 2018-yil uchun uning stavkasi quyidagi 
miqdorlarda belgilangan: 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling