Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Qat’iy belgilangan soliq 
obyekti, stavkalari va so-
liqni hisoblash tartibi


263
4.4.1-jadval 
Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari 
buyicha olinadigan qatiy belgilangan soliq STAVKALARI
58
 
Fizik ko‘rsatkich birligiga har oyda 
qat’iy belgilangan soliq stavkasi 
(birlik uchun eng kam ish haqiga 
karrali miqdorlarda) 

Faoliyat turi 
To‘lov- 
chilar 
Mazkur 
faoliyat turini 
tavsiflovchi fizik
ko‘rsatkichlar 
Tosh-
kent 
sh. 
Nukus sh., 
viloyat 
bo‘ysunu-
vidagi 
shaharlar 
boshqa 
shahar-
lar 
boshqa
aholi 
punkt-
lari 

Avtotransport 
vositalarini vaqtincha 
saqlash, dehqon (oziq-
ovqat) bozorlarining 
avtoto‘xtash joylarida 
avtotransport 
vositalarini vaqtincha 
saqlashdan tashqari 
yuridik 
shaxslar 
Egallagan 
maydon (1 
kv.metr) 
0,1 
0,06 
0,05 
0,04 

Bolalar o‘yin 
avtomatlari 
yuridik 
va 
jismoniy 
shaxslar 
Jihozlangan 
o‘rinlar soni 
(birlikda) 
3,0 
2,0 
1,5 
1,0 
Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yil boshida - 2018 yil 1 yanvarda 
belgilangan eng kam ish haqi (172 240 so‘m) miqdoridan kelib chiqib 
belgilanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta 
ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga 
olinmagan fizik ko‘rsatkichlar aniqlangan taqdirda bunday holatlarga 
soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida qaraladi. 
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish 
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: 
- yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar 
tomonidan — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n 
kundan kechiktirmay; 
- faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan — hisobot 
yilining 10 yanvarigacha taqdim etiladi.
Soliq solish obyekti o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik 
kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan 
kechiktirmay taqdim etishlari shart. 
58
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-son qaroridan olindi. 


264
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash: 
- yuridik shaxslar tomonidan — har oyda hisobot oyidan keyingi 
oyning 10-kunidan kechiktirmay; 
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — Soliq kodeks 375-
moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga 
oshiriladi. 
Soliq kodeksning 370-moddasida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
doirasida qat’iy belgilangan soliq to‘lash bilan bir qatorda quyidagilarni 
to‘laydilar: 
1) bojxona to‘lovlari; 
2) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — suv resurslaridan 
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda; 
4) aksiz solig‘i — aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda; 
5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; 
6) davlat boji; 
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im. 
Agar yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan muddatga 
to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish 
to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tganlik 
to‘g‘risidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan holda 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor 
soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga har 
bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish 
kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda topshiradi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi 
yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik 
subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ 
kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi 
davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati 
vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda 
axborot taqdim etadi.
Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga 
oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati 


265
vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida taqdim qilingan va davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor 
o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat’iy belgilangan 
soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. 
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida 
daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining 
hisobini yuritishlari shart. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
quyidagilardir: 
- chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi 
tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish 
daftari; 
- Tovar cheklari daftari. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining 
shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
yakka tartibdagi tadbirkorni soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat 
soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi 
asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
oxirgi yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida yakka 
tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip o‘tkazib 
bog‘langan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar soliq 
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: 
- savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib 
kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — yilning har bir 
choragi yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-
kunidan kechiktirmay;
- tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiradigan 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyning yakunlari 
bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay 
taqdim etiladi. 
Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni ushbu moddada nazarda 


266
tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, mazkur bobda 
belgilangan tartibga muvofiq to‘laydi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun 
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat 
bo‘yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi, I va II guruh nogironlari 
bo‘lgan xodimlar bo‘yicha esa eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida 
qat’iy belgilangan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir nechta turini amalga 
oshirgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun 
qat’iy belgilangan soliq faoliyatning tegishli turlari uchun o‘rnatilgan 
qat’iy belgilangan soliqning eng yuqori stavkasining 30 foizi miqdorida 
to‘lanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish mazkur faoliyat turini 
tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladigan faoliyat turi bilan shug‘ullangan taqdirda, yakka tartibdagi 
tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliq bitta fizik 
ko‘rsatkich uchun oyiga o‘rnatilgan qat’iy belgilangan soliq 
stavkasining 30 foizi miqdorida to‘lanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy 
belgilangan soliq qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor 
tomonidan to‘lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi 
tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. 
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tish joyi bo‘yicha 
amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tadbirkorning 
har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliqni o‘zi ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan joy va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joy 
bo‘yicha belgilangan stavkalar o‘rtasidagi yuqori stavkaning 30 foizi 
miqdorida o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyga to‘laydi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi 
tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish 
kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga 
oshirmaydigan davr uchun har bir yollangan xodimga qat’iy belgilangan 
soliqni hisoblashni to‘xtatib turishga asos bo‘ladi. 
Agar o‘z faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor davlat 
soliq xizmati organiga yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi 
uchun hisobga olish kartochkalarini belgilangan muddatlarda taqdim 
etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha qat’iy 
belgilangan soliqni hisoblash to‘xtatilmaydi. 


267
Yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning kasb-
hunar kolleji bitiruvchisi bo‘lgan xodimi uchun qat’iy belgilangan 
soliqni to‘lashdan ushbu xodim kollejni tamomlaganidan e’tiboran o‘n 
ikki oy mobaynida ozod etiladi. 
Agar yakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan soliqni 
to‘lashdan qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ozod etilsa, mazkur 
imtiyoz yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy 
belgilangan soliq to‘lashga ham tatbiq etiladi. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling