Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. 57 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorlari asosida tayyorlangan. 262 Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar faoliyatning qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqiga ega emas. Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni to‘lashlari shart. Asosiy faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga Soliq kodeksda nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki yagona soliq to‘lovi joriy etiladi. Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliq solinadigan obyekt bo‘lib qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkich hisoblanadi. Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. Jumladan, 2018-yil uchun uning stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan: Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling