261
4.4.1-diagramma. Qat’iy belgilangan soliqning davlat byudjeti
daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
57
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi
3454-sonli qaroriga asosan ushbu soliqdan tushumlar mahalliy
byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida
to‘liq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadiga o‘tkazilmoqda.
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar quyidagilardir:
- faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan
kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini
amalga
oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar, bundan
ushbu qismning ikkinchi
xatboshisida ko‘rsatilgan tadbirkorlar mustasno.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida
faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish
ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila
a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: