Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Mavzuga doir masalalar 
 
1-masala. Jismoniy shaxsga 2018 yilning yanvar oyi uchun 
1800000 so‘m ish haqi hisoblangan.
Jismoniy shaxsning yanvar oyi uchun hisoblangan ish haqidan 
ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i summasini aniqlang? 
 
2-masala. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180-
moddasiga muvofiq har bir to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt 
baravari miqdorida imtiyozga ega bo‘lgan jismoniy shaxsga 2018 yil 
yanvar oyi uchun 1200000 so‘m ish haqi hisoblandi.
Jismoniy shaxsdan ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i 
summasini aniqlang? 
 
3-masala. Jismoniy shaxsga 2018 yil yanvar va fevral oylarida 
1850000 so‘m (925000 + 925000) ish haqi hisoblangan. Shuningdek
fevral oyida 600000 so‘m mukofot summasi berilgan.
Jismoniy shaxsga yanvar va fevral oylari uchun hisoblangan ish 
haqidan ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i summasini 
aniqlang? 
 
4-masala. II guruh nogironiga 2018 yil yanvar va fevral oylarida 
1200000 so‘m (600000+600000) ish haqi hisoblangan. Yanvar oyida 
16168 so‘m soliq ushlangan.
Jismoniy shaxsga fevral oyi uchun hisoblangan ish haqidan 
ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i summasini aniqlang? 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyatini 
tushuntirib bering? 
2. Qanday shaxslar jismoniy shaxslar hisoblanadi? 
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘ziga xos 
xususiyatlari nimada? 
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i byudjet 
daromadlari tarkibida qanday ahamiyatga ega? 
5. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 
to‘lovchilari kimlar? 


260
6. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga qaysi daromad 
turlari kiradi? 
7. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari qaysi 
mezonlar asosida belgilanadi? 
8. Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar tarkibiga 
qanday daromadlar kiradi? 
9. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga soliq stavkalari 
qanday belgilanadi? 
10. Norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov 
manbaida qanday tartibda soliq stavkalari qo‘llaniladi? 
11. Qaysi jismoniy shaxslarning daromadlari har bir to‘liq oy uchun 
eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida soliqdan ozod etiladi? 
12. 
Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida 
soliqqa tortish tartibini tushuntirib bering?

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling