Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
275 V BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOLIQSIZ DAROMADLARI 5.1. Davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi, mohiyati va turkumlanishi Davlat byudjetining soliqsiz daro- madlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident - yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar va davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan. Rossiya Federatsiyasida yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad turidan tashqari, Federal yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari, markazlashgan ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari ham byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan. Davlatning maxsus maqsadli jamg‘armalari pul mablag‘larini soliqsiz daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mazkur jamg‘armalarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bo‘lib, bunda soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasida tovar- pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli jamg‘armalarga qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo‘lgan muhim xususiyatga, ya’ni to‘lovni amalga oshirishda subyektlar mulk shaklining o‘zgarishi xususiyatiga egadir. Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari ko‘rinishiga ega bo‘lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling