Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Hisob-kitoblarni taq-
dim etish va soliqni 
to‘lash tartibi 


254
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari bo‘yicha, ularning 
olingan joyidan qat’i nazar, ma’lumotnoma taqdim etilmaydi:
- dividendlar, foizlar tarzidagi daromadlar;
- Soliq kodeksning 181-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ining belgilangan eng kam stavkasi bo‘yicha 
soliq solinadigan daromadlar;
- jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida belgilangan eng yuqori 
stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
solinadigan daromadlar. 
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliya 
hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga 
hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
belgilangan shaklda taqdim etishi shart. Yil yakunlari bo‘yicha 
hisoblangan va amalda to‘langan daromadlarning summalari hamda 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan 
summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasida 
faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston 
Respublikasi norezidentlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 
25 martiga qadar taqdim etiladi. 
Jismoniy shaxsning jami yillik 
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq 
to‘lovchining olingan yillik daromadi 
to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat 
bo‘ladi. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi 
deklaratsiyasiga asosiy ish joyi bo‘yicha to‘langan daromadlar va 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan 
summalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 
va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
shakldagi ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi 
deklaratsiya shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi 
hamda unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling