Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Soliqsiz daromadlarning davlat byudjeti
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorijiy mamlakatlar- dan olingan moliyaviy yordamlar
5.2. Soliqsiz daromadlarning davlat byudjeti
daromadlarining hajmidagi o‘rni va dinamikasi Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining sezilarli qismi xorijiy mamlakatlardan olingan moliyaviy yordamlardan iborat ekanligi ushbu mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda sezilarli muammolarning mavjudligi bilan izohlanadi. Xorijiy moliyaviy yordamlarning aksariyat qismi xalqaro moliya- kredit tashkilotlari tomonidan beriladi. Bunda asosiy o‘rinlarni xalqaro valuta fondi (XVF) va Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) egallaydi. XVF rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam berishda asosiy e’tiborini mamlakatning to‘lov balansining holatiga qaratadi. XVF tomonidan ajratiladigan moliyaviy yordamlar to‘lov balansi doimiy ravishda taqchillikka ega bo‘lgan mamlakatlarga birinchi navbatda beriladi. JTTB rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam berishda asosiy e’tiborini mamlakat aholisining qashshoqlik darajasiga qaratadi. Hozirgi kunda Afrikaning janubidagi mamlakatlar sayyoramizning eng qashshoq mamlakatlari hisoblanadi. Bu yerda mehnatga yaroqli aholining bir kunlik ish haqi 1 AQSh dollaridan pastdir. Shu sababli mazkur mamlakatlar bankning moliyaviy yordamlarini birinchi navbatda oladilar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki paytlardan boshlab, xorijdan mablag‘lar jalb qilish masalasiga alohida e’tibor berdi. 2006 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra xorijiy mamlakatlardan va xalqaro moliya-kredit tashkilotlardan jalb qilingan mablag‘larning umumiy summasi 1980,5 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Shuning 93,6 foizi kredit majburiyatlarining hissasiga to‘g‘ri keladi. Jalb qilingan Xorijiy mamlakatlar- dan olingan moliyaviy yordamlar 283 mablag‘larning qolgan qismi turli shakllarda olingan moliyaviy yordamlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 66 Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, moliyaviy yordamlarning miqdori nisbatan kichik bo‘lib, ular davlat byudjeti daromadlari nuqtai-nazaridan sezilarli darajadagi amaliy ahamiyatga ega emas. Byudjetning soliqsiz daromadlari tar- kibidagi asosiy daromad turlaridan biri – davlatga tegishli bo‘lgan mulklarni xususiylashtirishdan keladigan daromadlar hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan, MDHga a’zo mamlakatlarda davlat mulkini xususiylashtirishdan va sotishdan olingan daromad soliqsiz daromadlar tarkibida sezilarli salmoqni egallaydi. Mazkur mamlakatlarda ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish zaruriyati davlat mulkini xususiylashtirishni dolzarb masalasiga aylantirdi. Xususan, Rossiya Federatsiyasida 2006 yilda davlat mulkini xususiylashtirish va sotishdan olingan byudjet daromadlarining umumiy summasi 25061,2 mln. rublni tashkil qildi. Bu summaga munitsipial mulkchilik tasarrufida bo‘lgan davlat mulkini sotish summasini qo‘shsak, u holda davlat mulkidan olgan byudjet daromadlarining umumiy summasi 52057,3 mln. rublni tashkil qiladi. Bu summani byudjet daromadlari nuqtai-nazaridan baholash uchun uning soliqsiz daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘ini o‘rganish kifoya qiladi. Agar 2000 yilda davlat mulkini sotish va xususiylashtirishdan olingan byudjet daromadlari soliqsiz daromadlarning umumiy hajmidagi salmog‘i 14,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilda bu ko‘rsatkich 50,5 foizni tashkil qildi. 2006 yilga kelib esa, mazkur ko‘rsatgich 45,2 foizni tashkil qildi. 67 Keltirilgan ma’lumotlarning tahlilidan ko‘rinadiki, birinchidan, davlat mulkini sotish va xususiylashtirishdan olingan daromadlar Rossiya Federatsiyasi davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibida asosiy o‘rinni egallaydi; ikkinchidan, soliqsiz daromadlarga xos bo‘lgan nobarqarorlik ushbu daromad turiga ham xos ekanligi yaqqol kuzatiladi. Davlatga tegishli mulklarni sotishda va davlat korxonalarini xususiylashtirishda ushbu korxonalarning davlatga tegishli bo‘lgan 66 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma'lumotlari. 67 Бурков С. Неналоговые доходы от госсобственности и бюджетный потенциал страны. //Российский экономический журнал. №9, 2006. С.25 Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling