296
Savdo korxonasining 2018 yil 1-chorak uchun yagona ijtimoiy
to‘lov summasini aniqlang?
3-masala. Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
korxona ishchilariga hisoblangan ish haqi bo‘yicha quyidagi
ma’lumotlar berilgan:
1. Direktor – 1650000 so‘m (1 oyga);
2. Hisobchi – 1400000 so‘m (1 oyga);
3. Sotuvchilar – 850000 so‘m (1 oyga).
2018 yil 1-chorak uchun savdo korxonasining o‘tkazib berishi
lozim bo‘lgan fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga sug‘urta badallari summasini aniqlang?
4-masala: Fuqaro O‘.Rasulovga ish
joyidan uning yubileyi
munosabati bilan mukofot puli berildi.
Bunday mukofot pulidan sug‘urta badallari to‘lanadimi?
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Yagona ijtimoiy to‘lov to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanadi?
2. Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
sug‘urta badallarining to‘lovchilari kimlar?
3. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar sug‘urta
badallarini qanday
tartibda to‘laydilar?
4. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarining obyekti nima?
5. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish
uchun baza qanday aniqlanadi?
6. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta
badallari qanday tartibda
hisoblab chiqariladi?
7. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari qanday to‘lovlarga
nisbatan hisoblanmaydi?
8. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari qanday muddatlarda
to‘lanadi?
9. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sug‘urta
badallarini
to‘lash qanday muddatda amalga oshiriladi?
10. Ayrim toifadagi jismoniy axslar uchun sug‘urta badallarini
hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari tushintiring.
11. Yagona ijtimoiy to‘lov mablag‘lari qanday tartibda taqsimlanadi?