Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot davri uchun korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasini aniqlang.
Mavzuga doir masalalar
1-masala. Quyidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblang (ming so‘m hisobida): Tovarlar (ish, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum – 5765 Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 688 Aksiz solig‘i – 380 Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi – 3195 Sotish xarajatlari – 55 Ma’muriy xarajatlar – 93 Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad – 25 Olingan dividendlar – 105 Valuta kursi bo‘yicha ijobiy farq – 66 Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar – 22 Favqulodda foyda – 5 Chegirilmaydigan xarajatlar - 408 Soliq imtiyozi – 125 Foyda solig‘i stavkasi – 14 foiz 2-masala. Quyidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblang (ming so‘m hisobida): Tovarlar (ish, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum – 3192 - shundan eksport faoliyatidan – 670 Foyda solig‘i to‘langunga qadar foyda – 508 Olingan dividendlar – 115 Soliq imtiyozi – 92 Foyda solig‘i stavkasi – 14 foiz 3-masala. Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘lagungacha bo‘lgan foydasi 3500 ming so‘m bo‘lgan. Hisobot davri uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar mavjud: Xayriya jamg‘armasiga homiylik yordami ko‘rsatilgan – 180 ming so‘m. Nuroniylar oromgohiga yordam mablag‘i o‘tkazib berilgan – 249 ming so‘m. Hisobot davri uchun korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasini aniqlang. 85 4-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchisi hisoblangan ishlab chiqarish korxonasi bo‘yicha 2018 yil hisobot davri uchun quyidagi ko‘rsatkich berilgan: ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 12800 ming so‘m; chet el valutasiga sotilgan mahsulot 14 ming AQSh dollari miqdorida (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSh dollari – 2430 so‘m); omborxonalarni ijaraga berishdan olingan daromad – 2700 ming so‘m; uskunalarni o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani uchun mol yetkazib beruvchi korxonadan tushgan jarima va shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lov – 998 ming so‘m; olingan dividendlar (dividenddan undirilgan soliq haqidagi ma’lumotnoma mavjud) – 1339 ming so‘m; «RAYXON» firmasi beg‘araz yordam sifatida kadrlar bo‘limiga komp’yuter dasturini o‘rnatib berdi; 2015-yilda qonunchilikka asosan hisobdan chiqarilgan 3010 ming so‘mlik sotilgan mahsulotning puli kelib tushgan; sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi – 11375 ming so‘m; belgilangan me’yorlarga 2 oshiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan asosiy vositalar amortizatsiyasi - 2100 m.so‘m. O‘tgan davr uchun quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan: o‘z mahsulotlarini reklama qilish xarajatlari – 125 ming; ma’muriy boshqaruv xodimlarining (MBH) ish haqi xarajatlari – 4495 ming so‘m; ma’muriy boshqaruv xodimlarining xizmat safari xarajatlari, me’yordagisi – 392 ming so‘m, me’yordan yuqori – 85 ming so‘m; xizmat avtomobilini saqlash uchun xarajatlar – 145 ming so‘m; uyali (mobil) aloqa xarajatlari – 1200 ming so‘m; ishlab chiqarishga daxldor bo‘lmagan asosiy vositalar amortizatsiyasi – 895 ming so‘m; hisobot davrida olingan schyot-fakturalar bo‘yicha to‘langan QQS – 925 ming so‘m. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling