Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Hisobot davri uchun quyidagilarni aniqlang


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Hisobot davri uchun quyidagilarni aniqlang: 
1. Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i va qo‘shilgan 
qiymat solig‘i summasini
2. Korxonaning hisobot davri uchun sof foydasi (zarari) summasini. 
3. Korxonaning moliyaviy natijalari bo‘yicha hisobotini tuzing. 


86
Soliq solishning sodda-
lashtirilgan tartibining 
soliq amaliyotiga tatbiq 
etilishi, uning iqtisodiy 
mohiyati 
4. Hisobot davri uchun foyda solig‘ining shaklini to‘ldiring. 
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i O‘zbekistonda 
qachon joriy qilingan? 
2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining to‘lovchilari 
kimlar? 
3. Rezident va norezidentlar kim va ular qanday tartibda soliqqa 
tortiladi? 
4. Soliq obyekti va soliq solinadigan baza qanday tartibda 
aniqlanadi? 
5. Korxonaning moliyaviy faoliyati natijalari qanday aniqlanadi? 
6. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari qaysi 
mezonlar asosida tabaqalashtirilgan? 
7. Tovarlar (ish, xizmatlar)ni eksport qiluvchi eksportyor 
korxonalar uchun qanday foyda solig‘ining qanday stavkalari 
belgilangan? 
8. Qanday yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod etiladi? 
9. Yuridik shaxslarning qanday foydasi yuridik shaxslar foyda 
solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi? 
10. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi 
qanday muddatdan kechiktirmasdan taqdim etiladi? 
11. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i qanday muddatdan 
kechiktirmasdan byudjetga to‘lanadi? 
3.2. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
 
3.2.1. Yagona soliq to‘lovi 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sha-
roitida kichik biznesni rivojlantirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, 
mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni 
tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham 
berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi.


87
Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish 
mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-
apreldagi «Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish 
tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida»gi 159-sonli qaroriga asosan 
mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan 
tartibidan soddalashtirilgan, ya’ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga 
o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki 
umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi 
qat’iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi 
soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtirdi hamda ular bir nechta soliq turi 
o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob-
kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona 
hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 348-moddasiga muvofiq 
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim 
toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini 
hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan 
soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari 
qo‘llanilishini, shuningdek, mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim 
etilishini nazarda tutadi. 
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash belgilangan faoliyat turlarini 
amalga oshiruvchi yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar va yagona yer 
solig‘ini to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida 
hisob yuritishlari hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lashlari shart. 
Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i hamda tadbirkorlik 
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq Soliq 
kodeksida nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarning o‘rniga to‘lanadi. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq 
to‘lovchilar uchun to‘lov manbayida soliqlarni va boshqa majburiy 
to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat 
maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi: 
 to‘lov manbayida undiriladigan foyda solig‘i;
 O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajari-
ladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat 
solig‘i;
 aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz 
solig‘i;


88

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling