Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Hisobot davri uchun quyidagilarni aniqlang
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solishning sodda- lashtirilgan tartibining soliq amaliyotiga tatbiq etilishi, uning iqtisodiy mohiyati
Hisobot davri uchun quyidagilarni aniqlang:
1. Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini; 2. Korxonaning hisobot davri uchun sof foydasi (zarari) summasini. 3. Korxonaning moliyaviy natijalari bo‘yicha hisobotini tuzing. 86 Soliq solishning sodda- lashtirilgan tartibining soliq amaliyotiga tatbiq etilishi, uning iqtisodiy mohiyati 4. Hisobot davri uchun foyda solig‘ining shaklini to‘ldiring. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i O‘zbekistonda qachon joriy qilingan? 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining to‘lovchilari kimlar? 3. Rezident va norezidentlar kim va ular qanday tartibda soliqqa tortiladi? 4. Soliq obyekti va soliq solinadigan baza qanday tartibda aniqlanadi? 5. Korxonaning moliyaviy faoliyati natijalari qanday aniqlanadi? 6. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtirilgan? 7. Tovarlar (ish, xizmatlar)ni eksport qiluvchi eksportyor korxonalar uchun qanday foyda solig‘ining qanday stavkalari belgilangan? 8. Qanday yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod etiladi? 9. Yuridik shaxslarning qanday foydasi yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi? 10. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi qanday muddatdan kechiktirmasdan taqdim etiladi? 11. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i qanday muddatdan kechiktirmasdan byudjetga to‘lanadi? 3.2. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi 3.2.1. Yagona soliq to‘lovi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sha- roitida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi. 87 Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15- apreldagi «Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida»gi 159-sonli qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya’ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat’iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtirdi hamda ular bir nechta soliq turi o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob- kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 348-moddasiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek, mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash belgilangan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar va yagona yer solig‘ini to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lashlari shart. Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq Soliq kodeksida nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rniga to‘lanadi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar uchun to‘lov manbayida soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi: to‘lov manbayida undiriladigan foyda solig‘i; O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajari- ladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig‘i; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling