Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun foyda


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun foyda 
solig‘ining shartli hisob-kitobi
25
 
Xodimlarning umumiy soni, kishi 
60 
shu jumladan nogironlar, kishi 
15 
Xodimlarning umumiy sonida nogironlar salmog‘i, 
foizda 
25 
Ishga joylashtirilgan nogironlarning belgilangan 
me’yori, foizda 

1. 
Belgilangan me’yordan oshish (25-3), foizda 
22 
2. Hisoblab yozilgan soliq summasi, so‘mda 
450 000 
3. Imtiyozni hisobga olganda soliq summasi 450000-
((450000x22)/100), so‘mda 
351 000 
Demak, korxona imtiyozdan foydalangan holda hisobot davri uchun 
byudjetga 450 000 so‘m emas, balki 1-variantda 351 000 so‘m, 2-
25
Jadval shartli ravishda tuzildi. 


80
variantda 238 500 so‘m foyda solig‘i to‘laydi, ya’ni mos ravishda 99 
000 so‘m yoki 211 500 so‘m korxona ixtiyorida qoladi.
Soliq kodeksining 159-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslarning soliq 
solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi: 
 ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalariga, 
madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muassasalariga, mahalliy 
davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlariga beriladigan badallar, homiylik va xayriya tariqasidagi 
mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan 
ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
 ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab 
chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya 
qilishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga, 
lizing obyekti qiymatining o‘rnini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar 
summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib 
tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar qilingan soliq davridan e’tiboran, texnologik 
jihoz bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran besh yil 
ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import 
qilingan) paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga 
berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash 
bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi 
imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq 
to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladi;
 yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari 
badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin 
yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan 
bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
 diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy 
Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling