Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliq hisobotlarini taq-
dim etish va soliqni 
byudjetga to‘lash 


82
qonunchiligida ko‘zda tutilgan har bir kechiktirilgan kun uchun 
hisoblangan soliq summasiga nisbatan 0,033 foiz miqdorida penya 
(moliyaviy jarima) qo‘llaniladi. 
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan 
holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 
summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan 
ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy 
to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy 
summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga 
haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-
kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, shuningdek, sof foydadan 
olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-
kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi. 
Ortiqcha to‘langan soliq summasi kelgusi to‘lovlarga o‘tkaziladi 
yoki soliq to‘lovchiga boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan 
qarzi bo‘lmasa undan yozma ariza olgan kundan boshlab 30 kun ichida 
yuridik shaxsga qaytariladi. 
Yuridik shaxslardan to‘lov manbayida olinadigan foyda solig‘i 
belgilangan stavkalarni chegirmalarni amalga oshirmasdan to‘lanadigan 
daromad summasiga nisbatan qo‘llash orqali hisoblab chiqariladi. 
Yuridik shaxslardan to‘lov manbayida olinadigan foyda solig‘ini 
yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishlari shart: 
 dividendlar va foizlarni;
 O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini ushlab qolish va 
byudjetga o‘tkazish uchun javobgarlik daromadni to‘lash manbayi, 
shuningdek, Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida 
faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi, O‘zbekiston 
Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad to‘lovchi 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari zimmasida bo‘ladi. 
Yuridik shaxslardan to‘lov manbayida olinadigan foyda solig‘ini 
ushlab qoluvchi yuridik shaxslar: 
 yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini O‘zbekiston Re-
spublikasi norezidentlariga dividendlar, foizlar va to‘lovlarni to‘lash 
sanasidan kechiktirmay byudjetga o‘tkazishi. Banklar O‘zbekiston 
Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar 
va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan 


83
foyda solig‘ini to‘lov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi 
kunidan kechiktirmay byudjetga o‘tkazadi;
 yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini davlat 
soliq xizmati organlariga to‘lov amalga oshirilgan hisobot davri 
tugagandan keyin yigirma besh kundan kechiktirmay taqdim etishi;
 davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan shakldagi, bu shaxslarning soliq to‘lovchining 
identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi 
va soliq davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘ining umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani soliq 
davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida taqdim etishi;
 daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad 
summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan soliqning umumiy 
summasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan 
shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘g‘ri hisoblash va 
byudjetga o‘z vaqtida to‘lash javobgarligi soliq to‘lovchi yuridik shaxs 
zimmasiga yuklanadi. 
Yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad 
qilingan xarajatlar hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida 
to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirib 
tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq to‘lovchining jami 
daromadiga qo‘shiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan 
hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar Soliq kodeksida 
belgilangan tartibda va miqdorlarda chegiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash 
paytida hisobga olinadi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun 
chet davlat vakolatli organining to‘lov xabarnomasi, ma’lumotnomasi 
yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos 
bo‘ladi. 


84

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling