Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Yagona soliq to‘lovi, 
uning to‘lovchilari va 
to‘lovchilar tarkibiga 
kiritish mezoni 
 yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 
 qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
 bojxona to‘lovlari;
 yagona ijtimoiy to‘lov;
davlat bojlari;
 tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
 davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (yagona 
soliq to‘lovini va yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bundan mustasno);
 avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im. 
Mikrofirmalar va kichik korxonalarni 
jadal rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish 
hamda uning mamlakat iqtisodiyotida 
ahamiyati va ulushini tubdan oshirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi 
«Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish 
borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-sonli 
farmoniga muvofiq 2005-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston soliq 
tizimi amaliyotida kichik biznes subyektlarining ba’zi toifalari uchun 
yagona soliq to‘lovi joriy qilindi.
U birxillashtirilgan bo‘lib, quyidagi majburiy to‘lovlarni to‘lash 
o‘rniga joriy qilindi: 
 yagona soliq; 
 byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma
 Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratma; 
 Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy 
ajratmalar. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan 
baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob 
qiladilar. Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga 
majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, 
shuningdek, pensiya, yo‘l va maktab ta’limini rivojlantirish 
jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalari alohida to‘lanmaydi. 
Yagona soliq to‘lovi kichik biznes subyektlari - mikrofirmalar va 
kichik korxonalarga tatbiq etiladi. 
Yagona soliq to‘lovi umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, 
respublika byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Yagona 


89
soliq to‘lovining davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 2004-yilda 
6,2 foizni, 2006-yilda 4,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib 
mazkur ko‘rsatkich 6,0 foiz bo‘lgan. 2017-yilgi davlat byudjeti 
parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti daromadlarining 7,2 
foizini, to‘g‘ri soliqlardagi salmog‘i esa 30,3 foizni tashkil etmoqda 
(3.2.1-diagramma). 
3.2.1-diagramma. Yagona soliq to‘lovining davlat byudjeti 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling