Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi (foizda)


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi (foizda)
26
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar ro‘yxati 2007-yil 1-yanvardan 
boshlab kengaydi. Jumladan, ular tarkibiga soliq solishning boshqa 
tizimini tanlash huquqisiz savdo (Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi 
tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza – kontoralari 
va ularning hududiy bazalari bundan mustasno. Ular uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-iyundagi «Ixtisoslashtirilgan 
ulgurji baza – kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi PQ-374-sonli qarori bilan nazarda tutilgan soliq solish tartibi 
saqlab qolinadi) va umumiy ovqatlanish korxonalari; mikrofirmalar va 
kichik korxonalar toifasiga tegishli bo‘lgan tayyorlov va ta’minot-sotish 
tashkilotlari, brokerlik firmalari, komissiya shartnomasi (topshirig‘i) 
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar; soliq solishning 
boshqa tizimini tanlash huquqisiz lotereyalar va tavakkalchilikka 
26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 


90
asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga 
oshirish doirasidagi yuridik shaxslar kiritildi. 
Soliqlar va majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda 
to‘lovchilar hisoblangan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan 
notariuslar esa soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqisiz yagona 
soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkazildi. 
2007-yil 1-yanvardan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan 
alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik 
korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqisiz, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazildi. Yer 
qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni 
qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalarga 
yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmaydi (bundan maxsus pechlardan 
foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar 
asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik 
korxonalar mustasno). Bundan tashqari Soliq kodeksining 350-
moddasiga ko‘ra yagona yer solig‘ini to‘lovchilarga, qat’iy belgilangan 
soliqni to‘lash nazarda tutilgan mikrofirma va kichik korxonalarga 
hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan 
mikrofirma va kichik korxonalarga ham yagona soliq to‘lovi tatbiq 
etilmaydi. 
Hozirgi kunda yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 350-moddasiga muvofiq 
quyidagilar hisoblanadi: 
 xodimlarning soniga bog‘liq holda: 
mikrofirmalar va kichik korxonalar; 
 xodimlarning sonidan qat’iy nazar: 
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; 
lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish 
doirasidagi yuridik shaxslar. 
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli 
shaxs) sherik (ishtirokchi) - yakka tartibdagi tadbirkor. 
Yagona soliq to‘lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga 
tatbiq etilmaydi: 
 aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer 
qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni 
qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, 
bundan maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan 
zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi 
mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno; 


91
 yagona yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliq to‘lash nazarda 
tutilgan faoliyat doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga; 
 mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan 
mikrofirmalar va kichik korxonalarga. 
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni 
bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik 
shaxslar kiradi. Bunda: 
xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o‘rtacha yillik 
sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
xodimlarning o‘rtacha yillik sonini aniqlashda o‘rindoshlik, pudrat 
shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar 
bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek, unitar (sho‘ba) 
korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham 
hisobga olinadi;
yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga 
kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga to‘g‘ri 
keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy 
tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada 
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»«gi Farmoniga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish haqida»gi PF-3305 sonli farmoniga ko‘ra 2004-
yilning 1-yanvaridan boshlab kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari 
toifasiga quyidagilar kiritilgan: 
yakka tartibdagi tadbirkorlar
 kichik korxonalar; 
 mikrofirmalar. 
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni 
bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik 
shaxslar kiradi.


92
3.2.1-jadval 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling