Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

3.2.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini
soliqqa tortish 
Ma’lumki, savdo va umumiy 
ovqatlanish korxonalari 2007-yil 1-
yanvarga qadar byudjetga to‘lab kelgan 
yalpi daromadidan yalpi daromad solig‘i, 
mol-mulk solig‘i, tovarlar aylanmasidan 
Pensiya jamg‘armasiga, Respublika Yo‘l 
jamg‘armasiga hamda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga 
majburiy to‘lovlar to‘lash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2006-yil 18-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2007-
yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat 
byudjetining parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-532-sonli qaroriga muvofiq 
Savdo va umumiy ov-
qatlanish korxonalari 
uchun yagona soliq 
to‘lovining joriy etilishi 


107
2007-yil 1-yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga 
o‘tkazildi. 
Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 
jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat 
o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lgan 
yuridik shaxslar kiradi.
Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi: 
 o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya 
qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma 
do‘konlari orqali realizatsiya qilish;
 vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq 
shartnomasi bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat 
daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;
 tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan 
tovarlarni realizatsiya qilish. 
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya
shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya 
qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat 
tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 349-moddasiga 
muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to‘lov manbayida 
soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari 
hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi: 
 to‘lov manbayida undiriladigan foyda solig‘i;
 O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan 
bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan 
qiymat solig‘i;
 aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz 
solig‘i;
 yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 
 qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
 bojxona to‘lovlari;
 yagona ijtimoiy to‘lov;
 davlat bojlari;
 tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
 avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im. 


108
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona 
soliq to‘lovi respublikamiz davlat byudjetining daromad manbayi 
hisoblanib, uning salmog‘ini yillar bo‘yicha tahlil etganda quyidagicha 
holatni kuzatish mumkin, ya’ni 2004-yilda byudjet daromadlaridagi 
uning salmog‘i 2,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yilda 1.8 foizni 
tashkil etgan holda 1,1 foizli punktga kamaygan. 2006–2012-yillarda esa 
uning ulushini oshganini ko‘rish mumkin, jumladan, uning salmog‘i 
ushbu yillarda mos ravishda 1,8; 2,0; 2,2; 3,4 foizni tashkil etgan. 2017-
yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti 
daromadlarining 3,6 foizini tashkil etmoqda (3.2.2-diagramma). 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling