113
terminallaridan foydalangan holda sotilgan. Sotilgan tovarlarning xarid
qiymati 29800 ming so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari savdo
korxonasi quyidagi ko‘rsatkichlarga ham ega:
asosiy vositalar obyekti realizatsiya qilingan – 380 ming so‘m
(boshlang‘ich qiymat – 1000 ming so‘m, hisoblangan amortizatsiya
summasi – 640 ming so‘m);
muddati o‘tgan deponent qarzdorlik hisobdan chiqarilgan – 360
ming so‘m;
valuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek, chet
el valutasidagi
operatsiyalar bo‘yicha kursdagi ijobiy farq – 120 ming so‘m;
valuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek, chet el valutasidagi
operatsiyalar bo‘yicha kursdagi salbiy farq – 140 ming so‘m;
Hisobot davri uchun yagona soliq to‘lovi summasini aniqlang.
2-masala. Savdo korxonasi shartnoma qiymati 50 ming AQSh
dollari bo‘lgan shokolad qandolat mahsulotini import qilmoqda. Olingan
tovarning bojxona qonunchiligi bo‘yicha aniqlangan bojxona qiymati 55
ming AQSh dollarini tashkil etmoqda. Bojxona yuk deklarsiyani
rasmiylashtirish vaqtidagi 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan
ayirboshlash kursi 2430 so‘mni tashkil etadi.
Bojxona bojining stavkasi 10 foiz,
bojxonada rasmiylashtiruv
yig‘imi esa 0,2 foizni tashkil etadi
Savdo korxonasi tomonidan to‘lanadigan bojxona to‘lovlari
summasini aniqlang.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. 2007-yil 1-yanvarga qadar savdo va
umumiy ovqatlanish
korxonalari uchun qanday soliqqa tortish tartibi qo‘llanilgan?
2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yagona
soliq
to‘lovini to‘lovchilari tarkibiga o‘tishining ahamiyati va zarurligi
nimada?
3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq
to‘lovidan tashqari yana qanday to‘lovlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lash tartibi saqlab qolinadi?
4. Savdo faoliyati, deganda nimani tushunasiz?
5. Umumiy ovqatlanish faoliyati, deganda nimani tushunasiz?
6. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq
to‘lovi obyekti qanday aniqlanadi?
7. Yagona soliq to‘lovini hisoblashda
yalpi tushum tarkibi qanday
aniqlanadi?
114
8. Soliq solinadigan bazani aniqlashda yalpi tushum tarkibidan
nimalar chegiriladi?
9. 2015-yil uchun savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan
olinadigan yagona soliq to‘lovi stavkalari qanday miqdorlarda
belgilangan?
10. Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtirilgan?
11. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan
yagona
soliq to‘lovi hisob-kitobi qanday muddatlarda taqdim etiladi va
to‘lanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: