Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliq stavkasi va
soliqdan imtiyozlar Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solig‘i to‘lovchi mazkur faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi va yagona soliq to‘lovini yoki Soliq kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyat doirasida qat’iy belgilangan soliqni to‘lashi shart. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar uchun boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno. Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer solig‘i to‘lovchida dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi. Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xo‘jalik pudratiga) berilganida yagona yer solig‘ini to‘lash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasida saqlanib qoladi. Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish obyektidir. Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir. Soliq solinadigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, yer uchastkalarining joylashishi, tuproq boniteti va yer mulkining boshqa tavsiflari yer kadastri ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi. Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga bo‘lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yuridik shaxslarda yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab ko‘paytiriladi. Yagona yer solig‘i stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida yer maydonlarining normativ qiymatiga nisbatan foizda belgilanadi. Har bir xo‘jalik bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Belgilangan mezonlarga muvofiq yagona yer 118 solig‘i to‘lovchilariga kiritiladigan baliqchilik xo‘jaliklari sug‘oriladigan yerlarning tuman bo‘yicha o‘rtacha normativ qiymatidan kelib chiqib, yagona yer solig‘ini to‘laydilar. Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining 2018 yil uchun uning stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan: 3.2.4-jadval Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling