Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo‘shilgan qiymat
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo‘shilgan qiymat
solig‘idan ozod etilgan: kreditlar, zayomlar bo‘yicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan bank kafolatlari berish; depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini ochish va yuritish; to‘lovlar, o‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‘lov vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar, inkasso bo‘yicha operatsiyalar; milliy valuta va chet el valutasi bilan bog‘liq operatsiyalar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno; yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlar depo- hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil depozitariylarini ochish hamda yuritish; qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar; qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizatsiya qilish; kliring operatsiyalari; akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish; pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar; 139 chet el valutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish; kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash); moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; forfeyting va faktoring operatsiyalari; lombard operatsiyalari (garovga qo‘yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish); jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti; mijozlarning hisob raqamlariga banklar tomonidan elektron masofali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar. Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish xizmatlari bo‘yicha sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida: sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi: sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari; qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi va tantemalar; sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi; qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari ulushining qayta sug‘urtalovchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lovini; sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar; sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar; qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar; hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiru- vchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling