Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


stavkasining o‘garish dinamikasi (foizda)


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

stavkasining o‘garish dinamikasi (foizda)
23
23
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida tayyorlangan. 
Soliq stavkalari va so-
liqdan imtiyozlar 


77
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ining stavkasi yillar bo‘yicha kamayib borgan, 
jumladan 1995-yilda uning miqdori 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-
yilga kelib 14 foizgacha pasaytirilgan, ya’ni 2018-yilda 1995-yilga 
nisbatan soliq stavkasi 24 foizli punktga kamaytirilgan.
3.1.2-jadval 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘I
STAVKALARI
24
 
N To‘lovchilar 
Soliq stavkalari, soliq 
solinadigan bazaga 
nisbatan foizda 
1 Yuridik shaxslar (2-3-bandlarda nazarda tutilganlaridan 
tashqari) 
14 
2 Tijorat banklari 
22 
Rentabellik* darajasiga bog‘liq holda mobil aloqa 
xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa 
kompaniyalari): 
20 foizgacha 
14 

20 foizdan yuqori** 
rentabellikning 20 foizlik 
darajasidan oshadigan 
foyda summasining 50 
foizi** 
Izoh. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish 
ko‘rinishidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini imtiyozlar amal qilish muddati 
tugaguncha ikki baravar pasaytirilgan stavkada to‘laydilar. 
*) Rentabellik foyda solig‘i to‘lanishiga qadar foydaning realizatsiya 
qilingan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish 
tannarxi summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Mobil aloqa xizmatlarini 
ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan foyda 
solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini O‘zbekiston Respublikasining 
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi.
**) Uyali aloqa kompaniyalarining mobil aloqa xizmatlari narxlarini 
davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan joriy qilindi. 
24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli qaroridan 
olindi. 


78
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini yildan yilga 
kamaytirilganligi mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosati, 
avvalombor, korxonalar investitsion faoliyatini rag‘batlantirishga, ishlab 
chiqarishni yangi texnik va texnologik asbob-uskunalar bilan qayta 
jihozlashga, korxonalar moliyaviy holatini yanada barqarorlashtirishga 
hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan izohlanadi. 
Yuqorida 3.1.2-jadval ma’lumotlarida 2018-yilda yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari keltirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali 
amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘iga qo‘shimcha ravishda sof 
foydasiga ham 10 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi. 
Sof foyda deganda O‘zbekiston Respublikasining norezidenti 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga 
oshiriladigan faoliyatdan olingan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘ining hisoblangan summasi chegirib tashlangan foyda tushuniladi. 
Doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan O‘zbekiston 
Respublikasida faoliyat olib borgan norezidentning daromadi hech 
qanday chegirmasiz daromad manbayida quyidagi stavkalarda soliqqa 
tortiladi:
 dividendlar va foizlarga - 10 foiz; 
 sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish 
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga - 10 foiz; 
 xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga 
(fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz; 
 royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan 
boshqaruv xizmati, maslahatlar, tekinga olingan mol-mulk va boshqa 
daromadlar - 20 foiz. 
Yuridik shaxslarga to‘lanadigan dividend va foizlar to‘lov 
manbayida 10 foizli stavka bilan soliqqa tortiladi.
Soliqqa tortish maqsadida dividend deb, aksiyalardan va boshqa 
xo‘jalik subyektlarining ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan 
daromadlari tushuniladi. Foizlarga esa depozit qo‘yilmalar, qarz 
majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olgan daromadlar kiradi. 
Manbayida soliqqa tortilgan va dividend, foiz olgan norezident jami 
daromadidan tegishli tartibda belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda 
chegirma olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Soliq kodeksining 158-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ichki ishlar organlari huzuridagi 
qo‘riqlash bo‘linmalari ozod etiladi. 


79
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi: 
 protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab 
chiqarishdan, shuningdek, nogironlarga ortopedik protezlash xizmati 
ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya 
buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat 
ko‘rsatishdan olingan foydasi
 shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan 
yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatishdan olingan foydasi; 
 tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash 
ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi; 
 Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan 
olingan foydasi. 
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar 
tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘i summasi belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan 
nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida 
kamaytiriladi. 
Ushbu imtiyoz yanada yaqqol tushunarli bo‘lishi uchun quyidagi 
jadvalga e’tiborimizni qaratamiz: 
3.1.3-jadval 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling