- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
- OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
- TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
- “Soliqlar va soliqqa tortish” fani
- Мавзу: Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i
- Bajardi: Israilov D.S.
-
- Toshkent 2023 y
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i - Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir.
- O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.
- Soliq solinadigan baza – soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: - 1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
- 2) mulkiy daromadlar;
- 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
- 4) boshqa daromadlar.
- Soliq kodeksi 370-modda
- Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan barcha to‘lovlar (ish haqi, premiya, qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiyalar va b.) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi.
- Soliq kodeksi 371-modda
Do'stlaringiz bilan baham: |