Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan 
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi 
STAVKALARI
30
 

To‘lovchilar 
Soliq stavkalari, 
soliq solinadigan 
bazaga nisbatan %da 
Umumiy ovqatlanish korxonalari 
10 
ulardan:

umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat 
ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish 
korxonalari 


Chakana savdo korxonalari, 3 va 4-bandlarda 
ko‘rsatilganlaridan tashqari: 
joylashgan joyiga qarab: 
aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat 
shaharlarda 

boshqa aholi punktlarida 

2.1 
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda 

2.2 
joylashgan joyidan qat’i nazar: 
alkogolli mahsulot, tamaki mahsuloti, benzin, dizel 
yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz realizatsiyasidan tovar 
oboroti bo‘yicha 


Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan 
shug‘ullanuvchi savdo korxonalari (4-bandda 
ko‘rsatilganlaridan tashqari) 

Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana 
dorixona tashkilotlari: 

aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat 
shaharlarda 

30
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli qaroridan 
olindi. 
Savdo va umumiy ovqat-
lanish korxonalari uchun 
yagona soliq to‘lovi stav-
kalari, soliqni hisoblash va 
to‘lash tartibi 


112
boshqa aholi punktlarida 

borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda 


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi
saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov 
tashkilotlari 

Agar savdo korxonalari, jumladan ulgurji va chakana dorixonalar, 
yagona soliq to‘lovining turli stavkalari o‘rnatilgan aholi punktlarida 
mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan bir necha savdo 
shahobchalariga ega bo‘lsalar, ular har bir savdo shahobchasi bo‘yicha 
tovarlar aylanmasini alohida-alohida hisobini yuritishlari va shu aholi 
punktlari uchun o‘rnatilgan soliq stavkalari bo‘yicha yagona soliq 
to‘lovini to‘lashlari shart. 
Bunda savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa 
daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa 
daromadlari savdo korxonasi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan 
o‘tgan joy uchun o‘rnatilgan stavkasi bo‘yicha yagona soliq to‘lovini 
to‘laydilar. 
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to‘lovini 
mustaqil ravishda soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan 
kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar va byudjetga to‘laydilar. 
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish 
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan 
yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot 
topshiriladigan muddatda taqdim etiladi(2-ilova). 
Yagona soliq to‘lovi quyidagicha to‘lanadi:
 mikrofirma va kichik korxona jumlasiga kirgan savdo va umumiy 
ovqatlanish korxonalari tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish 
muddatidan kechiktirmay;
 mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan savdo 
va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan - har oyda, keyingi 
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik 
moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling