Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги термиз давлат университети


Download 163.4 Kb.
bet1/5
Sana19.04.2023
Hajmi163.4 Kb.
#1364689
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza (4) (2)

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

60721200 - Yengil sanoat buyumlari konstruktrsiyasini ishlash va texnologiyasi (milliy tikuv buyumlari) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun


1-MАVZU: Yigirish sohasida yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar.
TEXNOLOGIYAGA KIRISH
fanidan
1-Ma’ruza
Yigirish sohasida yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar.
Reja:
1. Yigirish korxonasi haqidagi asosiy ma’lumotlar.
  • Yigirish korxonasining xom ashyosi.
  • Ipning asosiy xossalari. Ip yigirish tizimlari
  • .Yigirish sistemalari
  • Tabiiy tolalarni yigirish texnologik jarayoni

Yigirish korxonasi
Tolalarning hamma turlari uchun yigirish korxonalari mavjud. To‘qimachilik ishlab chiqarish korxonalari ichida eng yirik korxonalaridan biri-paxta yigirish korxonasidir.
Yigirish korxonalarining maqsadi – kalta va har-xil uzunlikdagi, chalkashib kettan, tartibsiz holatdagi tolalardan, tekis ma’lum tuzilishga va xususiyatga ega bo‘lgan uzluksiz mahsulot – ip olishdir.
Yigirish korxonalarining mohiyati – shundan iboratki, tolali materiallarni titib, chiqindi va iflosliklardan tozalab, aralashtirib, uni tarab pilta, pilik, kerakli yo‘g‘onlikkacha cho‘zib, pishiqligini oshirish uchun pishitib ip hosil qilishdir. Ishlab chiqarilgan mahsulot to‘qimachilik ipi deyiladi. Ushbu mahsulot egiluvchan, mustahkam, ingichka, ma’lum uzunlikda bo‘lib, to‘qimachilik mahsulotlarini olishda ishlatiladi.
Yigirish korxonasining xom ashyosi – har-xil turdagi tabiiy va kimyoviy to‘qimachilik tolalari bo‘lib, ingichka va yuqori sifatli ip olishni taminlaydigan bo‘lishi kerak. Ipning bir necha turlari mavjud, SHunga qarab u quyidagilarga bo‘linadi: tuzilishi, nima uchun ishlatilishi, qaysi usulda ishlab chiqarilishi yoki bo‘yalganligiga qarab turlicha bo‘ladi. Agar ip bir xil tolalardan yigirilgan bo‘lsa, ularni bir xildagi ip deyish mumkin (paxta, jun va hakozo iplari). Agar ip har xil tolalardan yigirilgan bo‘lsa, ularni aralashma deyiladi, agar ip har xil rangga bo‘yalgan tolalardan olingan bo‘lsa, ularni melanj ip deyiladi. Iplar yakka ip, pishitilgan ip, ya’ni ikki yoki undan ko‘p yakka iplarni pishitish yordamida qo‘shib olingan bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish usuliga qarab quyidagiga bo‘linadi:
  • To‘quvchilikda ishlatiladigan iplar – tanda va arqoq iplari
  • Trikotaj matolari uchun.
  • Pishitilgan ip olish.
  • Texnik mahsulotlar uchun.

  • Yigirish usullariga qarab, ipni quyidagi turlarga ajraladi: oddiy, qayta-tarash va apparat iplar.


Download 163.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling