Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yagona yer solig‘ining joriy etilishi va aha- miyati
3.2.3. Yagona yer solig‘i
O‘zbekistonda 1999-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalarini soliqqa tortishda tub o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10- oktabrdagi «Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-2086-sonli farmoniga muvofiq 1999-yilning 1- yanvaridan boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i joriy etildi. Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etilishi, o‘z navbatida ularni quyidagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qildi: foyda solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; ekologiya solig‘i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; er solig‘i; er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; mol-mulk solig‘i; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar. Yagona yer solig‘i to‘lovchilari hisoblangan qishloq xo‘jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona to‘lovlari, davlat boji, litsenziya yig‘imlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, shuningdek, aksizosti mahsulotlarga aksiz solig‘ini to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolindi. Yagona yer solig‘ini joriy qilishdan maqsad qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish samaradoriligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar Yagona yer solig‘ining joriy etilishi va aha- miyati 115 ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish, qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va birxillashtirishdan iboratdir. Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni tasarrufidagi yerlaridan yanada oqilona foydalanishga da’vat etadi, chunki har bir gektar yer maydoni uchun undan daromad olish yoki daromad olmaslik holatidan qat’iy nazar belgilangan miqdordagi soliq summasini to‘lash lozim bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi jarayonini yanada takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa tortishning ushbu tizimi xo‘jaliklar hisobchilarining soliqlarni hisoblash va to‘lash borasidagi ishlarini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‘jalik korxonalari o‘nlab turdagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashar edi. Agar ayrim soliq turlarining har oyda va har chorakda to‘lanishini hisobga oladigan bo‘lsak, unda ayrim xo‘jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar bo‘yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 yilda ana shuncha to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishi kerak bo‘lar edi. Endilikda esa xo‘jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi soliq summasini hisoblab chiqishadi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassa- salarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari yagona yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi. Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling