Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
qolardi, uni birinchi marta ko‘rgan odamlar esa badbashara aftiga ham hang-mang bo‘lib tikilishardi: 
unipg burni bir vaqtlar olmon gurzisidan pachoq bo‘lgan edi. 
Markning koshinlarga «do‘q-do‘q» urilgan zilday etigi ovozi tindi, mahbus uning orqasidan 
tovushsiz ergashdi, ustunlar maydonchasi tamoman sukutga cho‘kdi, shu sababli ravon oldidagi bog‘ 
sahnida kaptarlarning g‘uv-g‘uvlagani, favvoradagi suvning antiqa ohangda yeqimtoy jildirashi eshitila 
boshladi. 
Prokurator o‘rnidan turib, jildirab oqayotgan favvora suviga chakkasipi tutgaicha qimirlamay 
turishni istardi. Lekin bu ham, baribir, dardiga davo bo‘lolmasligini bilardi. 
Kalamushkush mahbusni boqqa olib chiqib, birinj

haykal poyida turgan legioner qo‘lidagi 
qamchini tortib oldi va uni kuchsizgina siltab, mahbusning yelkasiga tushirdi. Ko‘mondon yeigil va 
beparvo harakat qildi, lekin mahbus shu zahoti xuddi oyog‘iga bolta urilgandek qulab tushdi, nafasi 
qaytib, rangi bo‘zdek oqardi, ko‘zlari ma’nosiz bokdi. Mark chap qo‘li bilan mahbusni xuddi bo‘sh 
qop ko‘targanday osongina ko‘tarib, oyoqqa turg‘azdi va arameylar tilida so‘zlarni buzib ming‘illadi: 
— Rim prokuratoriga faqat igemon* deb murojaat qilish kerak, vassalom. Unipg qarshisida g‘oz 
turish kerak. Gapimga tushundingmi yo yana qamchilaymi? 
Mahbus gandiraklab ketdi, lekin o‘zini tutib oddi, axiyri rangiga qon yugurib, nafasini rostladi-da, 
hirqiroq ovoz bilan javob qildi: 
— Gapingga tushundim. Urma meni. 
Bir daqiqadan keyin u yana prokurator ro‘parasida turardi. 
Hukmronning so‘nik va xasta ovozi eshitildi: 
— Isming? 
Mahbus bama’ni javob berishga, ortiq hukmdorning g‘azabini keltirmaslikka shay ekanligini butun 
vujudi bilan ifodalab, shosha-pisha dedi: 
— Menikimi? 
Prokurator past ovoz bilan dedi: 
— Meniki o‘zimga ma’lum. O‘zingni haddan ziyod ovsarlikka solma. Sening isming nima? . 
— Ieshua, — shosha-pisha javob qildi mahbus. 
— Laqabing bormi? 
— Ha.Notsri. 
— Qaerliksan? 
— Gamala shahridan, — javob qildi mahbus va qaerdadir, uzoq shimolda, o‘ng tomonda Gamala 
degan shahar borligini boshi bilan ishora qilib ko‘rsatdi. 
— Qaysi nasabdansan? 
— Aniq bilmayman, — tez javob qildi mahbus, — ota-onamni bilmayman. Aytishlaricha, otam 
suriyalik ekan... 
— Muqim qaerda yashaysan? 
— Muqim yashaydigan makonim yo‘q, — iymanibgina javob qildi mahbus, — shaharma-shahar 
kezib yuraman. 
— Buni bir so‘z bilan qisqa qilib ifodalash mumkin — sayoqsan, — dedi prokurator, so‘ng so‘radi: 
— Xeshlaring bormi? 
— Hech kimim yo‘q. Dunyoda yolg‘izman. 
— Savoding bormi? -Ha. 
— Arameylar tilidan o‘zga biron tilni bilasanmi? 
— Bilaman. Yunon tilini. 
Pilatning shishgan bir qovog‘i ko‘tarilib, iztirobdan xiralashgan ko‘zi mahbusga tikildi. Ikkinchi 
ko‘zi yumuqligicha qoldi. 
                                                      
4
 Birinj — bronza. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling