Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 olishni unutmadi. Anna Richardovna buxgalterning kamzulini qo‘yib yubormay, uning atrofida girdikapalak bo‘lar va hadeb chinqirardi: — Shaytonni tilga olib so‘kinganida, doim uni «hay-hay»lab to‘xtatardim! Mana oqibat, — shunday deb go‘zal kotiba yozuv stoli oldiga pildirab bordi va ko‘p yig‘laganidan xiyol ping‘illagan mayin musiqiy ovozi bilan dedi: — Prosha! Qaerdasiz? — Meni «Prosha» deyishga qanday haddingiz sig‘di? — dedi kostyum viqor bilan va kresloga yanayam chuqurroq botib o‘tirdi. — Tanimayapti! Meni tanimadi-ya! Tushunyapsizmi? — deb ho‘ngrab yubordi kotiba. — Kabinetda yig‘i-sig‘i qilmang! — dedi endi jahl bilan jizzaki kostyum va rezolyutsiya qo‘yib imzo chekish uchun bir dasta qog‘ozni yengi bilan o‘z oldiga surdi. — Yo‘q, men bunga qarolmayman, yo‘q, hech qarolmayman! — deb chinqirib yubordi Anna Richardovna va kabinetdan yugurib chiqib ketdi, uning orqasidan buxgalter ham o‘qday otilib chiqdi. — Men o‘tirgandim, — deb hikoya qila boshladi hayajondan qalt-qalt titrayotgan Anna Richardovna, yana buxgalterning yengidan mahkam ushlab olib, — bir payt bir mushuk kirib keldi. Qop-qora, o‘ziyam xuddi xirsday keladi. Turgan gapki, men unga «pisht!» — deb qichqirdim. U chiqib ketdi, lekin o‘rniga allaqanday baqbaqaloq odam kirdi, uniyam basharasi mushuknikiga o‘xshardi. Kirdi-da: «Bu qanaqasi, grajdanka, nega ish bilan kelganlarni «pisht»lab haydaysiz?» — dedi. Shunday dediyu shilt etib Proxor Petrovichning oldiga kirib ketdi, men ham orqasidan kirdim, albatta. «Nima qilyapsiz, esingizni yeganmisiz?» — deb qichqirdim unga. U sulloh bo‘lsa to‘g‘ri Proxor Petrovichning oldiga borib, uning ro‘parasiga, kresloga o‘tirdi! Lekin Proxor Petrovich... o‘zingiz bilasiz, u — judayam oqko‘ngil odam-u, ammo o‘lgudek tajang. Achchig‘i chiqib ketdi! Ha! Asabi chatoq, chunki molday ishlaydi, ha, achchig‘i chiqib: «Nega beruxsat kirdingiz bu yerga?» — dedi. Anavi sulloh bo‘lsa, kresloga yalpayib o‘tirib olib, buning ustiga, tirjayib nima dedi deng: «Men, dedi, siz bilan ish yuzasidan gaplashgani keldim», dedi. Proxor Petrovich bo‘lsa, jahli chiqib: «Bandman!» — dedi. U bo‘lsa uyalmay-netmay: «Siz hech nima bilan band emassiz...» — dedi-ya. Tavba! Shundan keyin, turgan gapki, Proxor Petrovich tutaqib ketib: «Bu axir qanday bema’nigarchilik! Olib ketinglar uni, jin olsin meni!» — deb baqirvordi. Sulloh bo‘lsa tirjayib turib, nima dedi deng: «Jin olsinmi? Bo‘pti, to‘g‘rilaymiz!» — dedi. Shunda bir nima taraqlab ketdi-yu, men chinqirib yuborib, qarasam: anavi mushukbashara sulloh yo‘q, stolda esa, ko... kostyum... o‘tiripti-i-i... Uu-uuu! — Anna Richar- dovna og‘zini pattoyi kovushdek ochib uv tortib yig‘lay boshladi. U yig‘lab-yig‘lab, nafasini rostlab oldi-da, keyin mutlaqo kurakda turmaydigan gaplarni javray ketdi: — Hali qarasang yozyapti, yozyapti, yozyapti! Jinni bo‘lib qolish hech gapmas! Telefondayam gaplashyapti! Kostyum gaplashyapti! Hamma qochib ketdi — sichqonning ini ming tanga! Buxgalter turgan yerida faqat qalt-qalt titrardi. Lekin shu payt unga omad kulib bokdi. Kotiba xonasiga ikki nafar militsioner jiddiy qiyofada bamaylixotir kirib keldi. Sohibjamol kotiba ularni ko‘rdiyu beshbattar ho‘ngrab yig‘lagancha, qo‘li bilan kabinet eshigini ko‘rsata boshladi. — Keling, yig‘ini bas qilaylik, grajdanka, — xotirjam ohangda dedi birinchi militsioner, buxgalter esa o‘zining bu yerda ortiqcha ekanligini bilib, xonadan otilib chiqdi va yana bir daqiqadan so‘ng toza havodan nafas ola boshladi. Miyasi xuddi yelvizak o‘tgan mo‘rkon singari g‘uvillardi, shu g‘uvillagan tovush orasidan kapeldinerlarning kechagi tomoshada ishtirok etgan mushuk haqidagi hikoyalari uzuq- yuluq bo‘lib eshitilardi qulog‘iga. «Ana xolos! Bu o‘sha mushukchamiz emasmikin hali?» Komissiya idorasida o‘zi ko‘zlagan maqsadga erisha olmagan diyonatli Vasiliy Stepanovich Vagankovskiy tor ko‘chasiga joylashgan uning filialiga borishga qaror qildi. U o‘z ko‘ngliga taskin berish maqsadida filialgacha piyoda yurib bordi. Tomoshalar komissiyasining shahar filiali hovlining to‘ridagi, vaqt o‘tishi bilan suvog‘i ko‘chgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling