Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
117 Holbuki kotibning o‘zi ham, ko‘rinishidan qo‘shiq aytmaslik uchun ko‘p narsadan voz kechishga tayyor edi, biroq, nima qilsinki, qo‘shiq aytishdan o‘zini to‘xtata olmasdi, shunga ko‘ra u xorga qo‘shilib bandning oxirigacha ijro etib ko‘chadan o‘tganlarning diqqatini o‘ziga tortdi. Band tugashi bilan birinchi bo‘lib sotuvchi qiz vrachdan valerianka oldi, shundan so‘ng vrach boshqalarga ham valerianka ichirish uchun kotib orqasidan yugurib ketdi. — Meni afv etasiz, yaxshi qiz, — deb Vasiliy Stepanovich sotuvchi qizga yuzlandi, — filialingizga kirmaganmidi qora mushuk?.. — Yana qanaqa mushuk? — deb chiyilladi jahl bilan qiz, — bitta eshshak o‘tiripti filialimizda, eshshak! — shunday deb turib, yana ilova qildi: — Mayli, eshitsin! Hammasini gapirib beraman, — shundan keyin u yuz bergan butun voqeani so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, shahar filialining «engil tomoshalar ishini tamoman barbod qilgan» (sotuvchi qiz ta’biri) mudiri har xil to‘garaklar ochishga ishqiboz ekan. — Rahbarlarni shu yo‘l bilan go‘sxo‘r qilib kelyapti! — deb baqirdi qiz. Mudir shu bir yil mobaynida Lermontovni o‘rganish, shaxmat-shashka, ping-gyung va chavandozlik to‘garaklarini ochibdi. Yoz kelsa, hali yana eshkak eshish va alpinistlar to‘garaklarini ham tashkil qilmoqchimish. — Mana, bugun esa tushlik tanaffus paytida... — deb hikoyasini davom ettirdi qiz, — mudir allaqanday bir itvachcha bilan qo‘ltiqlashib kirib keldi... egnida katak matodan shim, ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne taqqan... basharasi — xuddi hozir go‘rdan chiqqanga o‘xshaydi! Sotuvchi qizning gapicha, mudir u odamni o‘sha zahoti, filialning oshxonasidayoq ovqatlanib o‘tirgan xodimlarga, xor to‘garaklarini tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassis, deb tanishtiripti. Bo‘lg‘usi alpinistlarping qovoqlari osilib tushgan, albatta, lekin mudir hammani bardam bo‘lishga undabdi, xor mutaxassisi bo‘lsa ham hazil, ham qochiriq gaplar aytib, qo‘shiq o‘rganish uchun arzimagan naqt kerak bo‘lishi, vaholanki, uning bir olam foyda keltirishi haqida ont ichib ishontiriiti. Har safargiday, sotuvchi qizning aytishicha, filialning taniqli xushomadgo‘ylari Fanov bilan Kosarchuklar birinchi bo‘lib otilib chiqishib, xor to‘garagiga yozilishga rozilik berishipti. Shunda qolgan xizmatchilar ham qo‘shiq aytishdan qochib qutulib bo‘lmasligini tushunishib, to‘garakka yozilishgan. Qo‘shiqni tushlik tanaffus paytida aytishga qaror qilishipti, chunki qolgan vaqtlar Lermontov va shashka bilan band ekan. Mudir kollektivga o‘rnak ko‘rsatish uchun o‘zining tenor ovozi borligini e’lon qilipti, shundan keyin hamma narsa xuddi yomon tushdek boshlanib ketipti. Katak shim kiygan mutaxassis — xormeyster: — Do-mi-sol-do! — deb baqiripti-da qo‘shiq aytishdan qochib shkaf orqasiga yashiringan uyatchanlarni tortib chiqipti. Kosarchukka esa, musiqiy hofizangiz g‘oyatda zo‘r, deb g‘inshiy, ingray boshlapti va, men — qari qo‘shiqchi — regentning so‘zini yerda qoldirmang, deb yolborib, kamertonni jingillatib chertib, «Slavnoe more» qo‘shig‘ini bir gumburlatib olasiz endi, deb iltimos qilipti. Gumburlatib olishipti. Olishgandayam juda yaxshi olishipti. Katak shim kiygan regent chindanam o‘z ishini yaxshi bilar ekan. Birinchi bandni oxiriga yetkazishganda regent uzr so‘rab: «Menga bir daqiqaga ruxsat!» — debdi-yu... g‘oyib bo‘lipti. Hamma uni, hozir, bir daqiqadan keyin qaytib keladi, deb o‘ylagan. Lekin oradan o‘n daqiqa vaqt o‘tsa ham undan darak bo‘lmapti. Filial xodimlarining ko‘ngli yorishib ketipti — regent qochdi, deb o‘ylashgan-da. Lekin shu payt birdan hammalari qo‘shiqning ikkinchi bandini kuylay boshlashipti, Kosarchuk ularga bosh bo‘lipti: ehtimol uning musiqiy hofizasi unchalik zo‘rmasdir-u, ammo ovozi xiylagina yoqimli baland tenor ekan. Qo‘shiq tugapti. Regentdan darak yo‘q! Hamma joy-joyiga tarqala boshlagan, lekin o‘z o‘rinlariga borib ulgurishmasdan, xohlashmasalar ham yana qo‘shiq boshlashipti. Hech o‘zlarini to‘xtatisha olmapti. Ikki-uch minut jim o‘tirisharmish-da, yana badanglatisharmish. Bir zum jim o‘tirib, yana badanglatisharmish! Ana shunda falokat yuz berganini tushunishipti. Mudir sharmanda bo‘lganidan o‘z kabinetiga kirib, ichidan qulflab olipti. Shu yerga kelganda qizning hikoyasi uzildi. Valeryanka ham kor qilmagan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling