31-umumta’lim maktabida otalar yig’ilishi


Download 0.77 Mb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1377864
  1   2   3   4
Bog'liq
OTALAR YIG\'ILISHI

31-UMUMTA’LIM

MAKTABIDA

OTALAR YIG’ILISHI

BUGUN KUN TARTIBIDA KO’RILADIGAN DOLZARB MASALALAR

1. O’QUVCHILAR DAVOMATI. 2. O’QUVCHILAR MAKTAB FORMASI. 3.O’ZARO HAMKORLIK. ( MAKTAB VA OTA ONA)

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGI Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida umumta'lim maktablari o‘quv dasturiga “Tarbiya” fanini kiritish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilgan edi. Bu xayrli tashabbus, chin ma'noda, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlod tarbiyasi, ta'lim olishi, buyuk ajdodlarimizga munosib farzandlarni voyaga yetkazishdek hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil15-avgustdagi 666-son qaroriga 1-ILOVA Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarining shakllari

1 — 6-sinflar uchun


T.r

Kiyimlar

Rangi

Mato tarkibi

Izoh

1.

Ko‘ylak

oq

100% paxta

Oddiy klassik bichimda tikilgan, yengi kalta variantda ham tikiladi.

2.

Nimcha

ko‘k, ko‘k katak

65% paxta,
35% poliester

O‘g‘il bolalar nimchasining old tarafida ko‘k katak matodan foydalanilgan, qiz bolalar nimchasining yonida yolg‘on cho‘ntak tikilgan.

3.

Shim

ko‘k

65% paxta,
35% poliester

Shimning old qismida stryelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.

4.

Yubka

ko‘k katak

65% paxta,
35% poliester

Trapetsiya shaklida tikilgan va yon qismida to‘rtta yig‘ma mavjud. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

5.

Yengil kurtka

ko‘k

65% paxta,
35% poliester

Erkin bichimda tikilgan, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida cho‘ntaklari bor.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling