Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
112 qutulmoqchi ham bo‘lishdi, lekin shahardan telefon qilayotganlar: «Lixodeevnikiga qo‘ng‘iroq qilgan edik, uni Vareteda deb aytishdi», deyishardi. Qattiq hayajonlangan bir xonim telefon qilib, Rimskiyni talab qila boshladi, unga: «Siz Rimskiyning xotiniga telefon qiling», deb maslahat berishgan edi, telefondagi ayol ho‘ngrab yig‘lab yuborib: «O‘zim xotiniman, Rimskiy hech yerda yo‘q», deb javob qildi. O‘ta bema’nilik yuz berayotgan edi. Farrosh ayol moliya direktorining kabinetini yig‘ishtirgani kirib, kabinetning eshigi lang ochiq yotgani, chiroqlar o‘chirilmagani, boqqa ochiladigan derazaning singani, kreslo yerda ag‘anab yotgani-yu, ammo kabinetda hech kimni ko‘rmaganini hammaga yoyib bo‘lgan edi. Soat o‘ndan oshganda Varetega Rimskaya xonim otilib kirib keldi. U yum-yum yig‘lar, qattiq kuyunardi. Vasiliy Stepanovich xonimga nima maslahat berishni ham bilolmay, muglaqo esankirab qoldi. Soat o‘n yarimga borib militsiya yetib keldi. Militsiya bergan oirinchi va asosli savol bunday bo‘ldi: — Nima bo‘lyapti o‘zi teatringizda, grajdanlar? Nima gap? Varete komandasi orqaga tisarilib, rangi quv o‘chgan, tashvishli Vasiliy Stepanovichni militsiyaga ro‘para qildi. Shunda gapning ochig‘ini aytib, Varetening direktori, moliya direktori va administratoridan iborat ma’muriy hay’atining noma’lum tomonga ketib, g‘oyib bo‘lganini, konferansening esa kechagi seansdan keyin jinnixonaga olib ketilganinii, xullasi kalom, kechasi seansning g‘irt rasvo seans bo‘lganini e’tirof etishga to‘g‘ri keldi. Yig‘layverib xun bo‘lib ketgan Rimskaya xonimni bir amallab yupatib uyiga jo‘natishdi, shundan keyin moliya direktorining kabineti haqida asosan farrosh ayoldan surishtira boshlashdi. Xizmatchilardan joy-joylariga borib, ish bilan mashg‘ul bo‘lishni iltimos qilishdi, oradan sal vaqt o‘tar-o‘tmas tergov xizmati xodimlari Veretega quloqlari chimirilgan, ko‘zlari g‘oyat dono, mushakdor bir bo‘z itni yetaklab kirib kelishdi. Varete xodimlari uni ko‘rishgan zahoti, dong‘i ketgan G‘ishtintuz degan it shu bo‘lsa kerak, degan ma’noda o‘zaro pichir-pichir gaplasha boshlashdi. Haqiqatan ham, bu — o‘sha it edi. Uning xatti-harakati hammaning og‘zini ochirib qo‘ydi. U moliya direktorining kabinetiga yugurib kirdi-yu, sarg‘imtir xunuk tishlarini irshaytirib irillay boshladi, keyin qornini yerga berib yotib, ko‘zlarida qandaydir hasrat va ayni paytda g‘azab bilan singan deraza tomon emaklab bora boshladi. Nihoyat u tetiklashib, birdan deraza tokchasiga sakrab chikdi va cho‘zinchoq tumshug‘ini ko‘tarib, jonhlatda vahshiyona uvlay boshladi. U derazadan tushishni xohlamas, irillarkan, badani seskanar va hadeb pastga sakramoqchi bo‘lardi. Itni kabinetdan olib chiqib, vestibyulga qo‘yib yuborishdi, u yerdan it katta eshik orqali ko‘chaga yugurib chiqdi va orqasidan ergashtanlarni taksi mashinalari to‘xtaydigan joyga boshlab keldi. Mana shu yerga kelganda u iz isini yo‘qotib qo‘ydi. Shundan keyin G‘ishtintuzni olib ketishdi. Tergovchilar Varenuxaning kabinetiga joylashishib, kechagi seans vaqtida yuz bergan voqealarning shohidi bo‘lgan Varete xodimlarini navbatma-navbat suhbatga chaqira boshlashdi. Shuni aytish kerakki, tergovchilar har qadamda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelardi. Kalavaning uchi dam o‘tmay uzilib qolaverardi. Afishalar bo‘lganmidi o‘zi? Bo‘lgan edi. Lekin tunda ularning ustiga boshqa afishalarni yopishtirishipti, aksiga yurib, bironta ham nusxa qolmapti. Qayoqdan kelib qoldi o‘zi o‘sha jodugar? Kim biladi deysiz. Gapingizga qaraganda, u bilan shartnomayam tuzgansiz? — Shunaqa bo‘lishi kerak, — deb javob qildi hayajonlangan Vasiliy Stepanovich. — Qani o‘sha shartnoma? — Yo‘q, — deb javob qildi rangi dokadek oqara boshlagan buxgalter qo‘llarini yoygancha. Darhaqiqat, o‘sha shartnoma na buxgalteriya papkalarida, na moliya direktorida, na Lixodeevda, na Varenuxada bor edi. Familiyasi nima ekan o‘sha sehrgarning? Vasiliy Stepanovich bilmasdi, u kechagi seansda yo‘q edi. Kapeldinerlar ham bilmadi, bilet sotuvchi kassir ayol ieshanasini tirishtira-tirishtira, o‘ylay-o‘ylay axiyri bunday dedi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling