www.ziyouz.com kutubxonasi
111
burkab olgan tepada faqat bitta odam qolgan edi. U bejiz o‘g‘irlanmagan pichoqni silkitib, o‘ydim-
chuqur joylardan tiyg‘anib, to‘g‘ri kelgan har bir narsaga yopishib, kezi kelganda emaklab ustunlar sari
shoshilardi. U goh quyuq zulmat qo‘ynida g‘oyib bo‘lar, goh parpiragan chaqmoq shu’lasi ostida
ko‘zga yaqqol tashlanardi.
Mana, nihoyat u ustunlar poyiga yetib kelib, to‘pig‘igacha suvga botgan holda, yomg‘irda bo‘kib,
zil bo‘lib ketgan tallifini yechib tashladi, ko‘ylakchan holda Ieshuaning oyoqlaridan quchdi. Avvalo
uning boldirini bog‘lagan arqonni kesib tashladi, so‘ng pastki to‘singa oyog‘ini qo‘yib chikdi-da,
Ieshuaning jasadini quchoqlab turib uning yuqori to‘singa bog‘langan qo‘llarini bo‘shatdi. Yalang‘och
va jiqqa ho‘l jasad Leviyni yerga yiqitib, ustiga bosib tushdi. Leviy shu zahotiyoq uni yelkasiga
ortmoqlamoqchi bo‘ldi-yu, lekin ko‘ngliga bir fikr kelib, niyatidan qaytdi. U qulochi kerilgan jasadni
chalqancha yotganda yomg‘ir suvida qoldirib, balchiqda tiyg‘anganidan oyoqlari har tomonga kerila-
kerila, boshqa ustunlar tomon yugurdi. U ustunlardagi arqonlarni ham kesib gashlagan edi, jasadlar
yerga tushdi...
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, tepa boshida faqat shu ikki jasad bilan uchta ustun qo‘qqayib
qolgan edi. Jala jasadlarni savalar, sel oqizib ag‘darardi.
Bu payt tepa boshida Leviy ham, Ieshuaning jasadi ham qolmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |