Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
163 koshinkor va billur pollari xuddi qon tomiridek bir me’yorda tepib turganga o‘xshardi. Endi Margaritani hech qanday qirol ham, gertsog ham, oshiq yigit ham, o‘z joniga qasd qilganlaru erlarini zaharlab o‘ldirganlar ham, dorga osilganlaru qo‘shmachilar ham, qamoqxona nozirlariyu qallob qimorbozlar ham, jallodlar, chaqimchilar, sotqinlar, ovsarlar, ayg‘oqchilaru qizlarning nomusiga tajovuz qiluvchilar ham, hattoki Gay Sezar Kaligula bilan Messalina ham mutlaqo qiziqtirmay qo‘ygan edi. Ularning nomlari Margaritaning miyasida chalkashib ketgan, basharalari bir-biriga chaplashib ulkan bir barkashga o‘xshab qolgan edi, faqat bir bashara — Malyuta Skuratovning olov rang soqol gardishiga o‘ralgan yuzi xotirasiga mahkam o‘rnashib olib, unga azob berardi. Margaritaning tizzalari bukilib-bukilib ketar, og‘riqning zo‘ridan har daqiqa yig‘lab yuborgudek bo‘lardi. Hammadan ham o‘ng oyog‘i qattiq azob berardi unga. Kelgan mehmonlarning hammasi shu oyog‘ining tizzasini o‘pib o‘tishavergandan u shishib, ko‘karib ketgan edi, holbuki Natasha gubka bilan yana allaqanday xushbo‘y narsa ko‘tarib kelib, uning tizzasini bir necha bor artib ketgan edi. Tashriflar boshlanganiga salkam uch soat bo‘lganida Margarita pastga tamoman umidsizlik bilan nigoh tashladi va birdan ko‘zlari quvonib, bir seskanib qo‘ydi: mehmonlar oqimi siyraklasha boshlagan edi. — Bal qonuni hamma yerda bir xil, qirolicha, — deb pichirlardi Korovyov, — hozir to‘lqin tina boshlaydi. Ont ichib aytamanki, bu bardoshimizning eng oxirgi daqiqalari. Ana, brokenlik ishratparastlar bir to‘da bo‘lib chiqib ketishyapti. Ular hamisha shunaqa eng keyin kelishadi. Ha, o‘shalar. Yana ikkita mast vampir*... tamommi? E, yo‘q, ana, yana bittasi. Yo‘q, ikkita ekan! Zinadan eng oxirgi ikki mehmon chiqib kelardi. — Ie, bunisi yangiga o‘xshaydi-ku, — dedi Korovyov monokl shishasi orqali ko‘zini suzib qararkan, — e, ha, tanidim. Kunlarning birida Azazello unikiga borib konyakxo‘rlik qilib o‘tirganida, uning qulog‘iga pichirlab bir odamdan qanday qutulish yo‘lini ko‘rsatgan edi, chunki mezbon o‘sha odamning fosh bo‘lishidan juda qo‘rqar edi. Natijada u, Azazelloning maslahati bilan, o‘ziga tobe bo‘lgan bir tanishiga o‘sha odamning kabineti devorlariga zahar purkashni buyuradi. — Ismi nima uning? — deb so‘radi Margarita. — Ochig‘i, o‘zim ham bilmayman uning ismini, — dedi Korovyov, — Azazellodan so‘rash kerak. — Uning yonidagi kim? — Shu-da uning o‘sha hozirjavob xodimi. Men mamnunman! — deb baralla qutladi Korovyov eng oxirgi ikki mehmonni. Zina huvillab qoldi. Ehtiyot shart, yana bir oz kutishdi. Ammo kamin ichidan boshqa hech zog‘ chiqmadi. Margarita bir zumdan keyin o‘zini o‘sha hovuzli xonada ko‘rib, bu yerga qanday kelib qolganiga hayron bo‘ldi-yu, shu zahoti oyoq-qo‘llarining zirqirab og‘riganiga chidayolmay yig‘lab yuborib, yerga yotib oldi. Lekin Gella bilan Natasha uni yupatishib, qonli dush ostiga olib borishdi-da, yana badanini uqalay boshlashdi, shunda Margaritaga qaytadan jon kirdi. — Yana, yana, qirolicha Margo, — deb pichirlardi uning yonida paydo bo‘lgan Korovyov, — parvoz qilib, zallarni kezib chiqish kerak, toki aziz mehmonlar o‘zlarini e’tiborsiz qolgan deb his etmasinlar. Shunda Margarita yana hovuzli xonadan uchib chiqib ketdi. Valslar qiroli boshchiligidagi orkestr muzika chalayotgan boyagi estrada sahnasida endi jazavasi tutgan maymunlar jazi quturardi. Bu jazga qo‘liga karnay ushlagan, yonoq soqoli hurpaygan bahaybat gavdali gorilla alpang-talpang raqs tushib dirijyorlik qilardi. Bir qator bo‘lib tizilib o‘tirgan orangutanglar yaraqlagan karnaylarni jon-jahdlari bilan chalardilar. Ularning yelkalariga minib olgan sho‘x shimpanzelar esa garmon chalishardi. Xuddi sherga o‘xshab yoldor ikkita gamadril royal chalar, ammo royallarning ovozi gibbonlar, mandrillar, martishkalar 23 chalayotgan saksafonu skripkayu do‘mbiralar sadosi ostida hech eshitilmasdi. O‘zining epchilligi, bequsur harakati bilan kishini hayratga soluvchi son-sanoqsiz sharpalar, xuddi bir-biriga 23 Gamadril, gibbon, mandril, martishkalar – turli qit’alarda yashovchi maymun toifalari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling