Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
160 oyog‘iga loklangan tufli kiygan tim qora sochli o‘ktam yigitga aylandi. Shundan keyin kamindan chiriy boshlagan kichikroq bir tobut otilib chiqdi, uning qopqog‘i ochilib, ichidan bir murda chiqib yerga tushdi. O‘ktam yigit nazokat bilan uning tepasiga yaqin borib, qo‘lini qo‘ltig‘iga olish uchun egdi, shunda tobutdagi murda ham oyoqqa turib qora tufli kiygan, sochiga qora patlar qadagan qip- yalang‘och qilpillama ayolga aylandi va bu erkak bilan ayol birgalikda zinadan yuqoriga ko‘tarila boshlashdi. — Birinchi mehmonlar! — dedi Korovyov, — janob Jak o‘z zavjasi bilan. Tanishing, qirolicha, dunyodagi eng antiqa erkaklardan biri! Qalbaki pul yasashda tengi yo‘q davlat jinoyatchisi, ayni chog‘da yaxshigina kimyogar ham. Lekin, — deb pichirlay boshladi u Margaritaning qulog‘iga, — qirolning ma’shuqasini zaharlab dovruq qozongan. Axir bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Qarang, qanday chiroyli yigit! Rangi quv o‘chgan Margarita og‘zini ochgancha pastga tikilib qoldi, u yerda boyagi dor ham, tobug ham darbonxona yonidagi yo‘lakka kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan edi. — Bag‘oyat xursandman, — deb baqirdi mushuk zinadan chiqib kelgan janob Jakning shundoqqina yuziga. Bu payt pastda kamin ichidan boshi yo‘q, qo‘li uzilgan skelet chiqdi va yerga bir urilib, frak kiygan erkakka aylandi. Bu mahal janob Jakning zavjasi Margarita qarshisida tiz cho‘kib, hayajondan rangi oqarib, uning tizzasini o‘pardi. — Qirolicha, — deb g‘o‘ldirardi u. — Qirolicha benihoya mamnunlar, — deb qichqirdi Korovyov. — Qirolicha... — dedi ohista o‘ktam yigit janob Jak. — Biz behad xursandmiz, — deb chiyilladi mushuk. Lekin bu payt Azazelloning hamrohlari bo‘lmish yigitchalar xushmuomala bilan tirjayishgancha janob Jak bilan uning zavjasini chetga, shamnan vinosi to‘ldirilgan qadahlarni ko‘tarib turgan negrlar tomon siqib borayotgan edilar. Zinadan esa frak kiygan yolg‘iz bir odam yugurib chiqib kela boshladi. — Graf Robert, — deb pichirladi Korovyov Margaritaga, — hali ham o‘sha-o‘sha xushbichim. Tamomila teskari hodisaga e’tibor bering, qirolicha: bu odam qirolichaning o‘ynashi bo‘lgan va o‘z xotinini zaharlab o‘ldirgan edi. — Xursandmiz, graf, — deb baqirdi Begemot. Kamin ichidan ketma-ket uchta tobut chiqib, qarsillab yorildi-yu, sochilib ketdi, shundan so‘ng kamindan qora rido kiygan odam chikdi, uning ketidan izma-iz yugurib chiqqan yana bittasi rido, kiyganning orqasiga pichoq sanchdi. Zina etagidan bo‘g‘iq faryod eshitildi. Keyin birdan kamin ichidan butunlay irib-chirib bo‘lgan murda otilib chiqdi. Margarita ko‘zlarini yumib oldi, shunda kimdir uning burniga oq tuz solingan shishacha tutdi. Bu Natashaga o‘xshab ketdi. Zina gavjum bo‘la boshladi. Endi har bir pillapoyani uzoqdan mutlaqo bir xil bo‘lib ko‘ringan frak kiygan erkaklaru ularning yonlarida boshlaridagi patlar va oyoqlaridagi tuflilarning rangi bilan bir-biridan farq qiluvchi yalang‘och ayollar to‘ldirgan edi. Chap oyog‘iga alomat yog‘och etik kiygan, qotmadan kelgan, kamsuqum bir xonim xuddi rohibalardek ko‘zini yerga tikib Margarita istiqboliga chiqib kelardi, uning bo‘yni negadir keng yashil lenta bilan bog‘langan edi. — Muncha ko‘karib ketgan? — deb yubordi dabdurustdan Margarita. — Bag‘oyat purlatofat va purnufuz xonim, — deb pichirladi Korovyov, — tanishtiraman sizga: Tofana xonim, neapollik dilbar juvonlar, shuningdek, Palermo ayollari o‘rtasida, ayniqsa, erlari me’dalariga tekkan xonimlar orasida nihoyatda dovruq taratgan. Axir, er me’daga tegishi mumkin-ku, to‘g‘rimi, qirolicha? — Ha, — deb javob qildi Margarita hirqiroq ovoz bilan, ayni paytda qarshisida birin-ketin tiz cho‘kib tizzasi va qo‘lidan o‘pgan ikkita erkakka jilmayib boqdi. — Ana shunaqa, — deb pichirladi Korovyov Margaritaga va ayni vaqtda kimlirgadir qichqirardi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling