Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
— Qoyilmaqom! — dedi Korovyov shang‘illab, — hamma mahliyo, hamma shaydoyu gado, 
odobga ham, mahoratu latofatga ham, nazokatga ham boy ekanlar qirolicham! 
Voland indamay stakanni ko‘tarib Margarita bilan cho‘qishtirdi. Margarita, hozirning o‘zida adoyi-
tamom bo‘laman, deb o‘yladi-yu, lekin itoatkorlik bilan spirtni ichib yubordi. Biroq hech qanday 
falokat yuz bermadi. Jonli bir suyuqlik qornini qizdirib o‘tdi-yu, ensasiga bir nima urilganday bo‘ldi, 
keyin uzoq vaqt miriqib uxlagan odamday yana darmonga kirdi, bundan tashqari, o‘zining sayoq itdek 
ochligini his qildi. Kecha ertalabdan beri tuz totimaganini eslagan edi, ishtahasi badtar ochilib ketdi. U 
baliq ikrasini qoshiqlab olib, chaynamay yuta boshladi. 
Begemot bir bo‘lak ananasni kesib oldi-da, tuz va murch sepib, «xap» etib yeb yubordi, shundan 
keyin ikkinchi marta bir qadah spirtni shunday ustalik bilan «otib» yubordiki, hamma chapak chalib 
uni olqishladi. 
Margarita ikkinchi qadahni ichib yuborgandan keyin chilchiroqlarning shamlari ravshanroq, 
kamindagi olov ham gurillab yona boshladi. Margarita sira ham mast bo‘lgani yo‘q. U oppoq tishlarini 
go‘shtga botirarkan, sardagini huzur qilib yutar va ayni paytda Begemotning ustritsaga xantal surishini 
tomosha qilardi. 
— Sen yana ustiga uzum ham qo‘y, — dedi Gella mushukning biqiniga ohista turtarkan. 
— O‘rgatmang menga, — deb javob qildi mushuk, — biz ham ko‘p mehmon ko‘rganmiz, 
ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, ko‘rganmiz! 
— O, mana shunday o‘choq oldida o‘tirib, odmigina ovqatlanish qanday yaxshi, — deb 
shang‘illardi Korovyov, — yor-do‘stlar davrasida... 
— Yo‘q, Fagot, — deb e’tiroz bildirdi mushuk, — balning o‘z jozibasi, ko‘lami bo‘ladi. 
Hech qanday jozibasi ham, ko‘lami ham yo‘q, bil’aks, anavi ovsar ayiqlar ham, shuningdek, 
bardagi yo‘lbarslar ham, bo‘kiraverishib quloq-miyamni yeb yuborishdi, — dedi Voland. 
— Bosh ustiga, messir, — dedi mushuk, — baski, siz ko‘lam yo‘q degan fikrda ekansiz, men ham 
shu fikrni qo‘llashga kirishaman. 
— Buni qara-ya! — deb qo‘ydi Voland. 
— Hazillashgandim, — dedi mushuk mutelik bilan, — yo‘lbarslar masalasiga kelsa, hozir 
buyuraman — ularni kabob qilishadi. 
— Yo‘lbars go‘shtini yeb bo‘lmaydi, — dedi Gella. 
— Siz shunday deb o‘ylaysizmi? Unda, mana, eshiting, — dedi mushuk va ko‘zlarini suzgancha, 
bir paytlar sahroda o‘n to‘qqiz kun yolg‘iz darbadar yurganida o‘zi o‘ldirgan yo‘lbars go‘shti bilan kun 
kechirganini huzur qilib so‘zlab berdi. Hamma bu g‘aroyib qissani zo‘r qiziqish bilan tingladi, lekin 
Begemot so‘zlab bo‘lgach, hamma bir ovozdan: 
— G‘irt yolg‘on! — deb yubordi. 
— Hammadan ham qiziq tomoni shundaki, — dedi Voland, — bu hikoyat — boshdan-oyoq 
bo‘hton. 
— Shunaqami hali? Bo‘hton deng? — deb baqirdi mushuk, hamma uni, hozir e’tiroz bildiradi, deb 
o‘ylagan edi, lekin u sekingina dedi: — Tarix ajrim qiladi bizni. 
— Ayting-chi, — dedi spirt ichib ana tiyraklashgan Margo Azazelloga yuzlanib, — siz anavi sobiq 
baronni otib tashladingizmi? 
Shak-shubhasiz, — deb javob qildi Azazello, — nega endi uni otmas ekanman? Uni albatta otib 
tashlash kerak edi. 
— Men biram hayajonlandimki! — dedi Margarita, — tasodifan bo‘ldi-da o‘ziyam. 
— Buning hech qanday tasodif tomoni yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi Azazello, Korovyov esa 
chiyillab ingray boshladi: 
— Axir hayajonlanmay bo‘larkanmi? Meniyam a’zoi badanim «dag‘-dag‘» titrab ketdi! Paq! 
Tamom! Baron qulab tushdi! 
— Men, sal bo‘lmasa, jinni bo‘lib qolayozdim, — deb qo‘shib qo‘ydi mushuk, baliq ikrasi olib 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling