Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
ham tekkizishi mumkin! 
Korovyov stol g‘aladonidan bitta yettilik qarta olib, Margaritaga uzatdi va uning hollaridan birini 
tirnog‘i bilan belgilab berishni iltimos qildi. Margarita yuqori o‘ng burchakdagi xolni belgiladi. Gella 
qartani yostiq ostiga yashirdi-da: 
— Tayyor! — deb qichqirdi. 
Shunda yostiqqa orqa o‘girib o‘tirgan Azazello shimining cho‘ntagidan o‘ziotar qora to‘pponcha 
olib, o‘girilmay yelkasi osha karavot tomonga o‘q uzdi va Margaritani salgina cho‘chitib yubordi. O‘q 
teshib o‘tgan yostiq ostidan yettilik qartani olishdi. Undagi Margarita belgilagan xol teshilgan edi. 
— Sizga ro‘para kelishni aslo istamasdim to‘pponcha ushlagan paytingizda, — dedi Margarita 
Azazelloga karashma qilib. Har qanday ishning piri bo‘lgan odamlarga doim zo‘r ehtiros bilan qarardi 
u. 
— Qimmatli qirolicha, — deb chiyilladi Korovyov — qo‘lida hech qanday revolver bo‘lmagan 
paytda ham Azazelloga ro‘para kelishni hech kimga maslahat bermayman! Sobiq regent va ashulachi 
sifatida vijdonan ont ichib aytamanki, o‘sha duch kelgan odamning sho‘ri quriydi. 
Merganlik tajribasi paytida o‘shshayib o‘tirgan mushuk endi birdan: 
— O‘sha yettilik qartada men yangi rekord qo‘yaman, — deb e’lon qildi. 
Azazello bunga javoban bir nima deb irillab qo‘ydi. Lekin mushuk o‘z ahdida turib olib, bir emas
ikkita revolver so‘radi. Azazello shimining ikkinchi orqa cho‘ntagidan yana bitta revolver olib boyagi 
revolver bilan ikkovini maqtanchoq mushukka uzatarkan, zaharxanda bilan labini burib qo‘ydi. Yettilik 
qartada ikkita xolni belgilashdi. Mushuk yostiqqa orqa o‘girib olib, otishga uzoq vaqt tayyorlandi. 
Margarita ikkala qulog‘iga barmoqlarini tiqib o‘tirarkan, ko‘zini kamin tokchasida mudrab o‘tirgan 
boyqushdan uzmasdi. Mushuk ikkala revolverdan baravar o‘q uzdi, shu zahoti Gella jon achchig‘ida 
chinqirib yubordi, o‘q tegib o‘lgan boyqush soat ustiga qulab tushdi, singan soat to‘xtab qoldi. Bir 
qo‘li qonga bo‘yalgan Gella faryod ko‘tarib, mushukning yungiga chang soldi, mushuk esa o‘z 
navbatida uning sochini yumdalay boshladi, oqibat, ikkovi bir-biriga chirmashgancha, polda u yoqdan-
bu yoqqa koptokdek yumalay boshlashdi. Stol ustida turgan qadahlardan biri yerga tushib chil-chil 
sindi. 
— Ajratib olsanglarchi mendan manavi quturgan shayton qizni! — deb chinqirardi mushuk, ustiga 
minib olgan Gelladan qutulishga harakat qilarkan. Urishqoqlarni ajratib qo‘yishdi, Korovyov 
Gellaning o‘q tekkan barmog‘iga bir marta puflagan edi, barmoq sog‘aydi-qoldi, 
— Otolmayman-da axir, gap bilan chalg‘itishgandan keyin! — deb chinqirardi Begemot va ayni 
paytda yelkasidan Gella yulib olgan bir tutam yungni joyiga yopishtirishga urinardi. 
— Garov o‘ynayman, — dedi Voland Margaritaga jilmayib, — jo‘rttaga shunday qildi. Aslida juda 
yaxshi otadi. 
Gella bilan mushuk yarashib, hatto o‘pishib ham olishdi. Keyin yostiq tagidan qartani olib tekshirib 
ko‘rishdi. Azazello teshgan holdan boshqa bironta holga gard ham tegmagan edi. 
— Bunday bo‘lishi mumkin emas, — deb ta’kidlardi mushuk qartani qandil yorug‘iga tutib 
qararkan. 
Shodiyona kechlik davom etardi. Chilchiroqning shamlari asta erib oqar, kamindan gup-gup 
ufirayotgan quruq va xushbo‘y issiq havo butun xonani qamragan edi. To‘yib ovqatlangan Margarita 
endi sarxushlik og‘ushida huzur qilib o‘tirardi... Uning hech qayoqqa ketgisi kelmasdi, holbuki, 
o‘zining taxminicha vaqt allamahal bo‘lgan. Tungi voqealar hisobga olinsa, vaqt ertalabki soat oltiga 
yaqinlashgan edi. Margarita oraga cho‘kkan sukunatdan foydalanib, Volandga qimtinibgina dedi: 
— Endi men boray... Kech bo‘ldi. 
— Qayoqqa shoshasiz? — deb so‘radi Voland quruqqina qilib. Ammo qolganlar «miq» etmadi. 
— Ha, vaqt bo‘ldi, — deb takrorladi Margarita bunday munsoabatdan yanayam ko‘proq xijolat 
bo‘lib, u yelkasiga tashlash uchun biron yopinchiq yo plash qidirib atrofiga qaradi. Chunki o‘zining 
yalang‘ochligidan endi iymana boshlagan edi. U o‘rnidan turdi. Voland karavotda yotgan chuvrindi va 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling